“SQB Plus” obunasi bo‘yicha muhim ma’lumot
24.09.2026 11:19
Hurmatli mijozlar!
“SQB Plus” xizmatlar paketining 30 kunlik obuna narxi 35 000 so‘mni tashkil etadi.
“SQB Plus” xizmati faqat mijozning roziligi asosida faollashtiriladi. Xizmatga ulanish uchun mijoz “SQB Mobile” ilovasida paket shartlari va imkoniyatlari bilan tanishadi, ommaviy oferta shartlarini qabul qiladi hamda obunaga ulanishni tasdiqlaydi.
2026-yil 25-avgustdan 15-sentabrga qadar “SQB Plus”ga avval ulanmagan mijozlar uchun maxsus aksiya doirasida paketdan 20 kun davomida bepul foydalanish imkoniyati taqdim etilgan edi. Bunda 15-sentabr kuni xizmatga ulangan mijozlarga ham ulanish sanasidan boshlab 20 kunlik bepul foydalanish muddati taqdim etiladi.
Aksiya shartlariga ko‘ra, 20 kunlik bepul foydalanish muddati yakunlangach, obuna amaldagi tarifga muvofiq har 30 kunda 35 000 so‘m evaziga avtomatik ravishda uzaytiriladi.
“SQB Plus” paketi doirasida boshqa banklar tomonidan emissiya qilingan xalqaro kartalarga o‘tkazmalar bundan mustasno, 10 mln so‘mgacha kartadan kartaga pul o‘tkazmalari komissiyasiz amalga oshiriladi. Shuningdek, tovar va xizmatlar uchun oshirilgan keshbek, xarajat va daromadlarni avtomatik toifalash hamda oylik tranzaksiyalar hisobotini yuklab olish kabi qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etiladi.
“SQB Plus” xizmatidan foydalanishni davom ettirishni istamagan mijoz obunani “SQB Mobile” ilovasining “SQB Plus” bo‘limi orqali mustaqil ravishda bekor qilishi mumkin.
Batafsil ma’lumot “SQB Plus” ommaviy ofertasida keltirilgan.

34
Boshqa yangiliklar
09/28/2026 05:19:03 pm
HURMATLI MIJOZLAR!
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBga ariza, taklif va shikoyatlaringizni og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda yuborishingiz mum ...