SQB mijozlar operatsiyalari tahlilida sun’iy intellektni qo‘llay boshladi


09.06.2025 11:10

O‘zsanoatqurilishbank jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha yangi dasturiy majmuani joriy etdi. Mazkur innovasion yechim sun’iy intellekt texnologiyasiga asoslangan holda shubhali operatsiyalarni aniqlab, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Dastur xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini ularning rasmiy faoliyat turi bilan solishtirib tahlil qiladi. U maxsus moliyaviy va lingvistik lug‘atlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda tarixiy ma’lumotlarda o‘qitila boshlandi. O‘qitish yetarli darajada amalga oshirilgandan so‘ng, kelgusi davrda real vaqtda tahlil o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ushbu loyiha bankdagi ichki nazorat tizimini yana-da mustahkamlash, inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish hamda xalqaro talablarga mos faoliyat yuritishda katta ahamiyat kasb etadi.

Aytish joiz, O‘zsanoatqurilishbank tizimida axborot texnologiyalari, raqamli xizmatlar va sun’iy intellekt yechimlarini izchil joriy etish orqali mijozlar ishonchini oshirish va bank salohiyatini mustahkamlash sa’y-harakatlari faol davom ettiriladi.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

07/27/2026 03:43:26 pm
Скачать все SQB bilan mahallalarda o‘zgarishlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-iyulda bo‘lib o‘tgan videoselektordagi topshirig‘i asosida ma ...

07/27/2026 11:17:47 am
“Sustainable Fitch” SQBning ESG reytingini yuqori pog‘onaga ko‘tardi

Xalqaro “Sustainable Fitch” agentligi O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning korporativ ESG reytingini “3” darajadan “2” ...

07/27/2026 11:15:49 am
Jizzaxda tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tomonidan Jizzax viloyati bank xizmatlari ofisida tadbirkorlar bilan uchra ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.06.2025 11:17  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит