
“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida amaliy ishlar ketmoqda. Bu jarayonda SQB rahbariyati ham mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etmoqda.
Ishchi guruh “mahalla yettiligi” bilan birgalikda aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, oilalar daromadini ko‘paytirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli ishlar olib bormoqda. Shuningdek, hududlarni obodonlashtirish hamda xotin-qizlar va yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mikroloyihalar ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mahallalarni rivojlantirish faqat infratuzilmani yaxshilash bilan cheklanmaydi. Eng muhimi, aholining barqaror daromad manbalari va bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday yondashuvlar hududlarning uzoq muddatli rivojlanishiga ko‘maklashadi.



“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...
“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...

