main-image

Hisob-kitob va kassa xizmatlari

Korporativ mijozlarga kompleks hisob-kitob va kassa xizmatlari (HKK) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bankimizda ochilgan hisob-raqam - bu yuqori darajadagi professional xizmat boʻlib, har bir korporativ mijozning biznes xususiyatlarini hisobga oladi. Bank yetakchi oʻzbek va xorijiy kredit tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri korrespondentlik aloqalariga ega.

  • Tavsif
  • Xizmatlar
  • Kerakli hujjatlar

Bank mijozlar uchun koʻrsatiladigan hisob-kitob-kassa xizmatlari soxasida faol ish olib bormoqda, mijozlar bazasini kengaytirishga katta eʼtibor qaratib, bankda hisob-raqami boʻlgan korxona va kompaniyalarga bank mahsulotlarining keng turlarini taklif qilmoqda.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB banklararo kreditlar bozorida faol ishtirok etib, oʻz faoliyatini doimiy ravishda qisqa muddatli banklararo kreditlarni jalb qilish va joylashtirish bilan amalga oshiradi.


  1. moneyNaqd pulsiz toʻlovlarni oʻtkazish
  2. moneyKonversion operatsiyalar
  3. moneyNaqd pul mablagʻlari bilan operatsiyalar
  4. moneyHujjatli operatsiyalar
  5. moneyXalqaro toʻlovlarni amalga oshirish
  6. moneyHisob boʻyicha maʼlumotni operativ tarzda olish
  7. moneyMilliy va xorijiy valyutada hisob-raqam ochish va yuritish
  8. money«Internet-banking», «Shaxsiy kabinet» va «SMS-banking» tizimlaridan foydalangan holda hisobni boshqarish imkoniyati
  9. moneyAkkreditivlar boʻyicha operatsiyalar
  10. moneyBoshqa xizmatlar

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar (yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklari) hisoblangan rezidentlar uchun:

  1. Imzo va muxr varaqasining namunasi shakli
  2. Mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi.

Xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlmagan yuridik shaxslarning rezidentlari, shuningdek byudjetdan mablagʻ oladigan tashkilotlar uchun:

  1. Imzo va muxr varaqasining namunasi shakli
  2. Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan yuridik shaxslar rezidentlarining taʼsisi hujjatlari (taʼsisi shartnomasi, ustav) notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar.
  3. Mijoz nomidan pul bilan hisob-kitob hujjatlarini imzolaydigan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilgandan soʻng, bank tomonidan uning nusxasi olinadi.
  4. Davlat soliq organlaridan roʻyxatdan oʻtganligi va hisobga olinganligini tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma).

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up