White gold

Fermerlar va to‘qimachilik klasterlarini paxtachilik uchun moliyalashtirish

Mahsulot haqida
Individual belgilanadi

Individual belgilanadi

Kreditning maksimal miqdori

18 oygacha

18 oygacha

Kredit muddati

12 oygacha

12 oygacha

Imtiyozli davr

Milliy va xorijiy valyutada

Milliy va xorijiy valyutada

Kredit valyutasi

Loyihadan kelib chiqib belgilanadi

Loyihadan kelib chiqib belgilanadi

Kredit stavkasi

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Kerakli hujjatlar
Kreditlash shartlari

Kreditlash maqsadlari:

  • paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish;
  • paxta xomashyosini yig‘im-terim qilish xarajatlarini moliyalashtirish;
  • paxta xomashyosini xarid qilish bo‘yicha yakuniy hisob-kitob va uni terish xarajatlarini moliyalashtirish.

Mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan kreditlar aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan kreditlar deb hisoblanmaydi.

Valyuta:

Milliy valyuta va xorijiy valyutada.

Kredit muddati, qaytarish grafigi va davriyligi:

1. Paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) mablag‘lari, Bankning o‘z va/yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan:

  • Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun 18 oygacha, shu jumladan 12 oygacha imtiyozli davr va kredit asosiy qarzi oxirgi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan,
  • Paxta xomashyosini yig‘im -terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun 12 oyga, 3 oygacha imtiyozli davr va kredit asosiy qarzi oxirgi 9 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan,
  • Paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini moliyalashtirish uchun 12 oygacha, shu jumladan 6 oygacha imtiyozli davr va kredit asosiy qarzi oxirgi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan.

    2. To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun

    Jamg‘arma mablag‘lari, Bankning o‘z va / yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan:

    • paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini moliyalashtirish uchun 12 oygacha, shu jumladan 6 oygacha imtiyozli davr va kredit asosiy qarzi oxirgi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan. 

    3. Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun

    Jamg‘arma mablag‘lari, Bankning o‘z va/yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan:

    • Paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun 14 oygacha, shu jumladan 12 oygacha imtiyozli davr va kredit asosiy qarzi qolgan oylar davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan,
    • Paxta xomashyosini yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun 4 oygacha, imtiyozli davrsiz asosiy qarzni teng ulushlarda qaytarish sharti bilan. Urug‘chilik xo‘jaliklari bundan mustasno.

    4. Urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun

    Jamg‘arma mablag‘lari, Bankning o‘z va/yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan:

    • 3 oy muddatgacha imtiyozli davrsiz asosiy qarzni teng ulushlarda qaytarish sharti bilan. 

    Izoh: kelgusida kredit muddati, qaytarish grafigi va davriyligi Bank va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq belgilanishi yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga qarab o‘zgartirilishi mumkin.

    Foiz stavkasi:

    1. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan — paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun:
    - Paxta xomashyosi xaridi bo‘yicha yakuniy hisob-kitobi va terimi uchun paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha kredit foizi 10 foiz yoki paxta xom ashyosi qiymatining 100 foizigacha kredit foizi 14 foiz.

    2. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan — barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun:
    Paxta xomashyosini yetishtirish va yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun – 10 foizda.

      3. Bankning o‘z va/yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan:
      Paxta xomashyosini yetishtirish, yig‘im-terimi va paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimi xarajatlarini moliyalashtirish uchun: foiz miqdori “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida ajratiladigan kredit, faktoring va lizing operatsiyalari bo‘yicha minimal narxlash hamda foiz stavkalarini shakllantirish tartibiga muvofiq belgilanadi

        Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-dekabrdagi “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-370-son qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab paxta va g‘alla yetishtirish sohasida kamida 10 yildan buyon faoliyat yuritayotgan, murojaat qilgan paytda Jamg‘arma imtiyozli kreditlari va soliq to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan imtiyozli kreditlar pasaytirilgan foiz stavkalarida ajratiladi.

        Kredit miqdori:

        1. Paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun

        Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

        • paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xomashyosi qiymatining 60 foizigacha miqdorida;
        • paxta xomashyosini yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xomashyosi qiymatining 30 foizigacha miqdorida;
        • paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimi uchun paxta xomashyosi qiymatining 60 foizigacha yoki 100 foizigacha miqdorda.

        2. Paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun

        Bankning o‘z va / yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan:

        • paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob- kitob va terimi uchun kredit miqdori paxta-to‘qimachilik klasterlari (to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar) va paxta xomashyosi yetkazib beruvchi fermer xo‘jaliklari (paxta yetishtiruvchilar va boshqalar) o‘rtasida paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha tuziladigan f’yuchers, forvard va spot shartnomalarining biri yoki barchasining umumiy qiymatidan oshmagan miqdorda bo‘lishi lozim

        3. Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari va urug‘chilik xo‘jaliklari uchun

        Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

        • paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha miqdorida;
        • paxta xomashyosini yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xomashyosi yalpi (urug‘chilik xo‘jaliklari uchun paxta xomashyosi) qiymatining 30 foizigacha miqdorida.

        Bankning o‘z va / yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan:

        • paxta xomashyosini yetishtirish, paxta xomashyosini yig‘im-terim xarajatlarini moliyalshtirish uchun kredit miqdori mijoz arizasiga asosan belgilanadi.

        Kredit ta’minoti:

        Jamg‘arma mablag‘lari, Bankning o‘z va/yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan.

        1. Paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun

        Paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar hamda korporativ va o‘rta biznes segmentlariga kiruvchi agrosanoat korxonalari uchun:

        • paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida kredit ta’minotining kamida 50 foizi miqdorida mol-mulk garovi qabul qilinadi;
        • paxta xomashyosi yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida kredit ta’minotining kamida 25 foizi miqdorida mol-mulk garovi qabul qilinadi;
        • paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimi xarajatlarini moliyalashtirish Mulkiy ta’minot uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida kredit ta’minotining kamida 25 foizi miqdorida mol-mulk garovi qabul qilinadi;
        • spot shartnomasi bo‘yicha imtiyozli kredit qiymatining 50 foizi miqdorida mol-mulk garovi qabul qilinadi.

        2. Paxta yetishtiruvchilar va urug‘chilik xo‘jaliklari uchun

        Mikro va kichik biznes subyektlariga kiruvchi paxta yetishtiruvchilar va urug‘chilik xo‘jaliklari uchun Jamg‘arma mablag‘lari, Bankning o‘z va/yoki jalb qilingan mablag‘lari hisobidan:

        • paxta xomashyosini yetishtirish va yig‘im-terim qilish xarajatlarini moliyalashtirishda kredit summasining kamida 125 foizi miqdorida mol-mulk garovi qabul qilinadi.

        Garov ta’minoti:

        Mol-mulk: ko‘char va ko‘chmas mulklar, bino va inshootlar, turar joylar, transport vositalari, maxsus texnikalar, uskunalar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi hamda tovar-moddiy boyliklar.

        Mol-mulkka qo‘yiladigan talablar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida amal qiluvchi Kredit siyosati va kredit ta’minoti bilan ishlash tartibiga muvofiq belgilanadi.

        Jami kredit ta’minotining mol-mulk garovi bilan ta’minlanmagan qolgan qismi uchun quyidagilar garov ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin:

        • moliyaviy barqaror uchinchi shaxslarning kafilligi;
        • sug‘urta kompaniyasining kredit qaytmasligi xatarini qoplash bo‘yicha sug‘urta polisi;
        • qarz oluvchining bo‘lajak hosili sug‘urta qilinganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisi.

        Nomulkiy ta’minot:

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-103-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-avgustdan boshlab Jamg‘arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha klasterlar ta’sischilarining shaxsiy kafilligi qo‘shimcha ravishda rasmiylashtiriladi.

        Korxona kafilligi ta’minot sifatida taqdim etilganda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:

        • kafil korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lishi;
        • olingan kreditlar va ilgari taqdim etilgan kafilliklar bo‘yicha SQB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
        • kafillik summasi kafil korxonaning qisqa muddatli aktivlari va qisqa muddatli majburiyatlari o‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadigan aylanma kapitali qiymatidan 1 barobardan oshmasligi kerak. Kafilligi qo‘shimcha ta’minot sifatida olinayotgan korxonalar bundan mustasno.

        Ta’minot sifatida quyidagi kafilliklar qabul qilinmaydi:

        • byudjet tashkilotlarining kafilligi, boshqaruv kompaniyalariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladigan kafilliklar bundan mustasno;
        • quyidagi shaxslarning kafilligi:
          • to‘lovga qobiliyatsiz yuridik shaxslar;
          • moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lmagan yuridik shaxslar;
          • zarar ko‘rib ishlaydigan yoki nolikvid balansga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
          • doimiy pul oqimiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar;
          • yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari.
        • nodavlat notijorat tashkilotlarining kafilligi.

        Quyidagilar bundan mustasno:

        • ustav fondi yoki ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalarning kafilligi;
        • kamida 125 foiz miqdorida asosiy ta’minot mavjud bo‘lib, kafillik qo‘shimcha ta’minot sifatida qabul qilinadigan holatlar;
        • Bank mijozining ipoteka krediti doirasida birlamchi bozordan sotib olayotgan turar joyi yoki kvartirasiga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga, ya’ni garovga qo‘yilgunga qadar ko‘p qavatli turar joy quruvchisi bo‘lgan yuridik shaxsning kamida 125 foiz miqdoridagi kafilligi.

          Mazkur kafillik qo‘shimcha ta’minot sifatida qabul qilinadi. Bunda Bank va quruvchi o‘rtasida alohida hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lishi shart.


        Zarur hujjatlar:

        1. Kredit olish uchun ariza (paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun “Agroplatforma” AT orqali).  
        2. Ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar.
        3. Kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar.
        4. Vakolatli organning kredit olish to‘g‘risidagi qarori.
        5. Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot hamda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari bo‘yicha batafsil ma’lumot.
        6. Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
        7. Biznes-reja — mikro va kichik biznes subyektlari bundan mustasno.
        8. Paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar.
        9. Yer uchastkasiga oid hujjatlar va paxta ekinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda.
        10. Fermer xo‘jaliklarining shartnomalar va hisob-kitoblarga oid ma’lumotlari ko‘rsatilgan ro‘yxati — paxta yig‘im-terimi yoki yakuniy hisob-kitoblarni moliyalashtirishda.

          Bank vaziyatga qarab qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.

        SQB BUSINESS
        SQB BUSINESS

        Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

        Batafsil
        Depozitlar
        Depozitlar

        Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

        Batafsil
        Transchegaraviy oʻtkazmalar
        Transchegaraviy oʻtkazmalar

        Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

        Batafsil
        Korporativ kartalar
        Korporativ kartalar

        Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

        Batafsil
        Ish haqi loyihasi
        Ish haqi loyihasi

        Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

        Batafsil
        Savdo ekvayringi
        Savdo ekvayringi

        Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

        Batafsil
        Biznes kreditlari
        Biznes kreditlari

        Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

        Batafsil

        Oxirgi yangilanish sanasi: 09.07.2026 10:21  
        up
        logo
        DEMO
        close
        Давайте поговорим!
        close
        send
        arrow-left
        Недавние чаты
        close
        История
        FAQ
        Сегодня
        • Автокредит
        • Автокредит
        • Автокредит
        Сегодня
        • Автокредит
        • Автокредит
        • Автокредит
        Сегодня
        • Автокредит
        • Автокредит
        • Автокредит
        • Автокредит
        • Автокредит