Individual belgilanadi
Kreditning maksimal miqdori
18 oygacha
Kredit muddati
UZS, USD, EUR
Kredit valyutasi
24 % dan
Kredit stavkasi milliy valyutada
12 % dan
Kredit stavkasi xorijiy valyutada
Individual belgilanadi
Imtiyozli davr
Kreditning maqsadi:
eksport oldi xarajatlarni moliyalashtirish uchun
Valyuta:
so'm, AQSh dollari, evro
Kredit muddati:
18 oy muddatgacha (kredit naqd pulda berilganda 90 kungacha)
Foiz stavkasi:
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi
- milliy valyutada: yillik 24%-26%
- xorijiy valyutada: yillik 12%-14%
Imtiyozli davr:
har bir loyiha xususiyatidan va mijoz arizasidan kelib chiqib kreditni qaytarish grafigi va imtiyozli davr o'rnatiladi
Kredit miqdori:
mijozning eksport hajmidan kelib chiqib belgilanadi
Kreditni ta'minoti:
mahsulot bo'yicha ta'minot jami qiymati kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) ta'minlashi zarur
Ta'minoti turi:
ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog'ozlar, omborxonadagi tayyor mahsulotlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar;
korporativ mijozlarning kafilligi, sug'urta polisi, "Tadbirkorlikni rivojlantirish Kompaniyasi" AJ kafilligi
1. Ariza
2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
7. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo`yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi. Bunda, sotib olinadigan mahsulot yoki xizmat ko`rsatish bo`yich shartnomalar tarafi sifatida Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Eron Respublikalaridan ro`yxatdan o`tgan kompaniyalar (kontragent) qatnashgan taqdirda xalqaro huquqiy reytinglarda Tier/Band 1 darajasida va Chambers & Partners, Legal 500 va IFLR 1000 reyting ko`rsatkichlariga ega bo`lgan xalqaro yuridik kompaniyalarining ijobiy xulosasi taqdim etilishi lozim. (kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so`ng taqdim etilishi mumkin)
8. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes reja.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmalari kafolat xati (Bank ichki normativ hujjatiga asosan naqd pulda qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olish bo‘yicha Tartibda belgilangan holda)