Maqsadi
|
Energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya, eko-transport ishlab chiqarish va sotib olish, mavjud binolarni energiya tejamkorga o'zgartirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, suvdan oqilona foydalanish hamda energo audit o'tkazish xarajatlarini moliyalashtirish hamda boshqa "Yashil" loyihalarni moliyalashtirish uchun
|
Moliyalashtiriladigan "Yashil" loyiha uchun asosiy talab
| Loyiha natijasida:
kamida 20%lik energiya tejamkorligiga erishilishi;
va/yoki atrof muhitga tarqalayotgan uglikisli gaz miqdori 20%ga kamayishi;
va/yoki tabiiy resurslardan foydalanishda tejamkorlikga erishilishi;
va/yoki atrof muhitga yetkaziladigan zararning kamaytirilishi;
va/yoki boshqa "yashil" maqsadlarga erishilishi lozim
|
Valyutasi
|
UZS, USD, EUR, RUB
|
Muddati
|
Ochik/yopik kredit liniyasi orqali aylanma mablag'larni to'ldirish uchun - 12 oygacha;
Investision loyihalarning o'zini qoplashi hamda bankda mavjud resurslar muddatidan kelib chiqib, bankning o'z mablag'lari hisobidan milliy va xorijiy valyutada - 60 oygacha;
Jalb qilingan mablag'larda – jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq.
|
Kredit foiz stavkasi
|
"O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo'yicha foiz stavkalari'ni belgilash bo'yicha amaldagi Boshqaruv qarorida o'rnatilgan miqdorda.
|
Miqdori
|
"O`zsanoatqurilishbank" ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo`yicha belgilangan miqdorgacha ammo loyiha qiymatining 70%idan oshmagan miqdorgacha
Mijozning skoring asosidagi reytingi bo‘yicha aniqlanadi.
|
Mahsulot bo‘yicha ta’minot
| Jami kredit ta'minoti:
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda;
(Bankga aloqador shaxslar uchun 130%).
Mulkiy ta'minot:
- Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog‘ozlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar;
- Mulkiy ta'minot kredit ajratilgunga qadar kredit summasining 65%idan kam bo‘lmagan qiymatda;
- Qolgan qismiga kredit hisobiga tashkil etilayotgan asosiy vositalar olinadi. Mazkur holatda garov yetarli bo‘lmagan holda ta'minotning boshqa turlaridan biri qabul qilinadi.
Nomulkiy ta'minot:
Kredit summasining 125%ini qoplash uchun yetmagan qismiga kafillik, korxona hisob raqamiga kelgusida kelib tushadigan pul oqimlari garovi, sug‘urta polisi va jamg‘armaning kafilligi
Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar:
Ko‘chmas mulk – har qanday;
Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan.
|
Asosiy qarzdorlik bo‘yicha imtiyozli davr
|
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan
ajratiladigan kreditlar uchun
– mijoz arizasiga asosan, ammo qisqa muddatli kreditlar uchun 6 oydan va uzoq muddatli kreditlar uchun 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatgacha;
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan
ajratiladigan kreditlar uchun
– jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq.
|
Asosiy qarz va foizlarni to‘lash davriyligi
|
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan ajratiladigan
kreditlar uchun
– 3 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda;
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan
ajratiladigan kreditlar uchun
– jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq.
|
Sub-segment
|
Neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya hamda boshqa tarmoq mijozlari.
|
Mijozning loyihadagi ulushi
|
30%dan kam bo‘lmagan qiymatda
|
Mijozga qo‘yiladigan umumiy talablar
|
-Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan kam bo‘lmagan korporativ mijozlar;
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida asosiy va/yoki ikkilamchi hisobraqami bo‘lishi lozim;
-Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) bo‘yicha foyda bilan faoliyat yuritishi;
-Kredit reytingi (layoqatliligi) - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlili tizimi bo‘yicha SS reytingdan kam bo‘lmasligi lozim;
-Banklarda muddati o‘tgan kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha qarzdorligi (asosiy qarzi va foiz) bo‘lmasligi lozim;
-So‘nggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga o‘tganlik holatlar soni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
|
1. Ariza;
2. Mijozning ta'sis xujjatlari va unga kiritilgan so'ngi o'zgarishlar;
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot
(2-son shakl);
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa);
5. Mijozning ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kreditni olish yuzasidan roziligi;
6. Sotib oluvchi bilan mahsulot etkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi;
7. Sotib olinayotgan (chet eldan olinayotgan) asosiy vositalar narxining jahon bozori konyunkturasiga mos kelishi bo'yicha akkreditasiyadan o'tgan xalqaro konsalting kompaniyasining yoki "loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK xulosasi;
8. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asosnoma;
9. Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lsa, unda:
a. qurilishning arxitektura rejalashtirish topshirig'i
b. qurilishning smeta hujjati
c. smeta hujjatining ekspertizasi
10. Milliy Qonunchilik va xalqaro moliya institutlari standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan xavflar va atrof-muhitga ta'sirlarni baholash loyihasi (AMTB) va davlat ekologik ekspertizasi xulosasi ( I, II, III yoki IV toifalar uchun).
11. Agar jamoatchilik muhokamasi zarur bo'lsa yoki o'tkazilgan bo'lsa, maslahat (yig'ilish) bayonnomasi.
12. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalarning nusi. Bunda bitim tuzuvchi taraflaridan biri Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya va Eron Respublikasiga (konteragent) tegishli bo'lsa, ular xalqaro huquqiy kompaniyalarining xalqaro sanktsiyalar ro'yxatida emasligi to'g'risidagi xulosasini taqdim etishlari kerak.
1. Agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa:
a. korxona ta’sis xujjatlari;
b. kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot;;
c. kafil korxona ta’sischilarining korxona direktorini tayinlash bo‘yicha qarori va korxona buxgalterini tayinlashi bo‘yicha buyrug‘i;
d. kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;
2. Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha ijobiy qarori;
3. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl);
Kredit ta’minoti sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
2. Mulk egasining ta’sis xujjatlari (ta’sis shartnomasi, nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa). Mulk jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa – mulk egasining pasporti nusxasi;
3. Mulk egasi ta’sischilarining kreditning ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa);
4. Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning ro‘yxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi).
Loyiha xususiyati, moliyalashtirish strukturasi hamda jalb qilingan liniya shartlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin.