Development

  • Kredit shartlari
  • Kerakli hujjatlar


Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari


Maqsadi

Faoliyatni tashkil etish va/yoki kengaytirish maqsadida asosiy vositalar, maxsus texnikalar, uskunalar sotib olish, qurilish ishlarini moliyalashtirish, jumladan qurilish uchun zarur materiallar sotib olish va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun


Valyutasi

UZS, USD, EUR, RUB 


Moliyalashtirish manbaasi

Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim


Muddati

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan bo‘lganda - 5 yilgacha (imtiyoz davri
2 yilgacha) ammo loyiha o‘zini-o‘zi qoplash muddatidan oshiq bo‘lmagan muddatga

Jalb qilingan mablag‘lar- jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq


Miqdori

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilanadigan miqdorgacha ammo loyiha qiymatining 70% idan oshmagan miqdorgacha


Qaytarish grafigi

Har bir loyiha xususiyatidan kelib chiqib qaytarish grafigi o‘rnatiladi. Bunda bank o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha kreditni to‘lash davriyligi imtiyozli davrdan so‘ng har 3 oydan ko‘p bo‘lmagan oraliqda o‘rnatilishi lozim.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan loyihalarda resursni taqdim etuvchi moliya instituti shartlariga asosan o‘rnatiladi


Mahsulotni taqdim etish shakli

Pul ko‘chirish yo‘li bilan

Foiz miqdori


Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan 

Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdorda


Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan

Jalb qilingan moliya instituti shartlari + bank marjasi (Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida ko‘rsatilgan miqdorda)

   

Mijoz

 

Korporativ mijozlar (Neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya va boshqa tarmoq mijozlari)

   

Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar

 

Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar;
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) bo‘yicha foyda bilan faoliyat yuritishi;
Kredit reytingi (layoqatliligi) - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim;
Qaror qabul qilish sanasida barcha tijorat banklari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi lozim;
KATM ma’lumotnomasiga asosan, tijorat banklari oldida “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
So‘nggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga o‘tganlik holatlar soni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim;
Loyihadagi ulushi 30%dan kam bo‘lmasligi kerak

Mahsulot bo‘yicha ta’minot


Mulkiy ta’minot

Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar, mulkiy huquqlar, qimmatbaho metallar, qimmatli qog‘ozlar va mulkiy toifaga kiradigan boshqa mulklar;

Mulkiy ta’minot kredit ajratilgunga qadar kredit summasining 65%idan kam bo‘lmagan qiymatda;

Qolgan qismiga kredit hisobiga tashkil etilayotgan asosiy vositalar olinadi. Mazkur holatda garov yetarli bo‘lmagan holda ta’minotning boshqa turlaridan biri qabul qilinadi. 


Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar

Ko‘chmas mulk – har qanday;

Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan (3 yildan oshiq muddatga berilayotgan kreditlarda 3 yildan oshmagan);

Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (3 yildan oshiq muddatga berilayotgan kreditlarda 2 yildan oshmagan);

Uskunalar – ishlab chiqarilganiga
3 yildan oshmagan (3 yildan oshiq muddatga berilayotgan kreditlarda 2 yildan oshmagan)


Nomulkiy ta’minot

Kredit summasining 60%dan kam bo‘lmagan miqdorda kafillik, sug‘urta polisi, jamg‘arma kafilligi

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijoz bo‘lishi, kafillik summasi kafil korxona o‘z mablag‘lari manbalari (balans hisoboti -480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo‘lishi, Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim

   

Mahsulot bo‘yicha ta’minot jami qiymati kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) ta’minlashi zarur

Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati:

1.   Ariza

2.   Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3.   Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4.   Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5.   Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6.   Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7.   Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi.

8.   Sotib olinayotgan asosiy vositalar narxining jahon bozori konyukturasiga mos kelishi bo‘yicha akkreditatsiyasidan o‘tgan xalqaro konsalting kompaniyasining yoki “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi.

9.   Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asosnoma.

10. Loyiha ekologik ekspertiza talab qilinadigan loyihalar toifasiga kirgan holatlarda ekologik xulosa.

11.  Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, unda:

  a. qurilish arxitektura rejalashtirish topshirig‘i

  b. qurilishning smeta xujjati

  c. smeta xujjatining ekspertizasi va boshqa qurilishga oid hujjatlar

12. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalarning nusi. Bunda bitim tuzuvchi taraflaridan biri Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya va Eron Respublikasiga (konteragent) tegishli bo'lsa, ular xalqaro huquqiy kompaniyalarining xalqaro sanktsiyalar ro'yxatida emasligi to'g'risidagi xulosasini taqdim etishlari kerak.

Ta’minot sifatida kafillik taqdim etilganda:

1. Kafil korxona ta’sis xujjatlari;

2. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot;

3. Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining  kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.);

4. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi

5. Kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining  ijobiy roziligi.

6. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot  (2-son shakl).

    

Ta’minot sifatida mulk taqdim etilganda:

1.  Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti.

2.  Mulk egasining ta’sis xujjatlari (ta’sis shartnomasi, nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa). Mulk jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa – mulk egasining pasporti nusxasi; 

3.   Mulk egasining kreditning ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo‘lsa).

4.   Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning ro‘yxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi)

Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha xujjatlar so‘ralishi mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up