| Maqsadi |
Faktoring xizmati (debitorlik qarzdorlikni sotib olish), jumladan regress huquqi bilan (ya'ni faktoringdan foydalanuvchi mijozning o'zi qarzdorlikni so'ndirish huquqiga ega)
|
| Valyutasi |
UZS, USD, EUR
|
| Moliyalashtirish manbaasi |
Bank o'z mablag'lari; Jalb qilingan mablag'lar
|
| Muddati |
Milliy valyutada 180 kungacha
Xorijiy valyutada 120 kungacha
|
| Riskning yuqori miqdori |
“O'zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi boʻyicha toʻlovchi uchun belgilanadigan mikdorgacha ammo debitorlik qarzdorligi summasidan oshmagan holda
|
Foiz miqdori (diskont) |
| Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan milliy valyutada (soʻm) |
Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo'yicha Boshqaruv qarorida o'rnatilgan miqdorda
|
Faktoring xizmatini ko'rsatishning qo'shimcha shartlari |
| Mijoz va to'lovchiga qo'yiladigan asosiy talablar |
Mijozga:
Davlat ro'yxatidan o'tganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar;
Asosiy xisobraqami "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida bo'lishi lozim;
Qaror qabul qilish sanasida barcha tijorat banklari oldida muddati o'tgan kredit qarzdorligi bo'lmasligi lozim;
Tijorat banklari oldida "qoniqarsiz", "shubhali", "umidsiz" toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo'lmasligi;
To'lovchining:
Oxirgi 12 oydagi o'rtacha oylik pul tushumi hajmi (2-son shakl bo'yicha) faktoring summasining yarmidan kam bo'lmagan xolda;
Kartoteka 2 qarzdorligi mavjud bo'lmasligi lozim;
Kredit reytingi (layoqatliligi) "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo'yicha CC reytingdan kam bo'lmagan holda;
|
1. To'lovchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi;
2. To'lovchining boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa);
3. Debitorlik qarzdorlik yuzaga kelgan shartnomalar, qabul qilish topshirish dalolatnomalari va solishtirma dalolatnomalar nusxasi;
4. Aktseptlangan va bankka kirim qilingan to'lov topshiriqnomasi nusxasi.