Kredit haqida

Individual belgilanadi

Kreditning maksimal miqdori

24 oygacha

Kredit muddati

18 oygacha

Imtiyozli davr

UZS, USD, EUR

Kredit valyutasi

Loyihadan kelib chiqib belgilanadi

Kredit stavkasi

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

Paxta xom-ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish, paxta terim xarajatlarini moliyalashtirish, paxta xom ashyosi xaridi hisob-kitoblari uchun ajratilishi mumkin

Valyuta:

so'm, AQSh dollari, evro,

Kredit muddati:

24 oygacha

Foiz stavkasi:

Barcha kredit maqsadlari bo‘yicha:
loyihadan kelib chiqib belgilanadi

Imtiyozli davr:

18 oygacha

Kredit miqdori:

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
- Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizi miqdorida
- Paxta yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizi miqdorida va/yoki Bank va Jamg‘arma o‘rtasida tuzilgan amaldagi Bosh bitimga va me’yoriy huquqiy xujjatlarga asosan

Bank o‘z mablag‘lari va /yoki XMI hisobidan:
- Paxta yig‘im-terimi xarajatlarini moliyalashtirish uchun kredit miqdori Bank tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilangan limitgacha belgilanadi
- Paxta xom ashyosi xaridi bo‘yicha yakuniy hisob-kitob uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari va paxta xom ashyosi yetkazib beruvchi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida yetishtirish uchun ajratilgan bo‘naklar va yetkazib berilgan paxta xom ashyosi qiymati to‘g‘risida solishtirma dalolatnoma tuziladi va solishtirma dalolatnomalarning tasdiqlangan reestri bankka taqdim qilinadi. Kredit miqdorining maksimal summasi ushbu reestr orqali aniqlanadigan fermer xo‘jaliklarining haqdorligidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi lozim

Kreditni ta'minoti:

Mahsulot bo'yicha ta'minot jami qiymati kredit summasining kamida 125%ini (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) ta'minlashi zarur

Mulk garovi:

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
- Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida kredit ta’minotining kamida 25 foizi miqdorida likvidli mol-mulk* garovi ostida ajratiladi

Bank o‘z mablag‘lari hisobidan:
- Paxta yig‘im-terim va paxta xom ashyosi xaridi bo‘yicha hisob-kitob xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida Bank kredit siyosati va Kredit ta’minoti bilan ishlash tartibi shartlaridan kelib chiqib kredit ta’minotining 50% miqdorida likvidli mulkiy garov ta’minoti talab qilinadi
*Likvidli mol-mulk: ko‘char va ko‘chmas mulklar, bino va inshootlar, turar joylar, transport vositalari, maxsus texnikalar va agregatlar

Nomulkiy garov:

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
- Terim puli xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari ta’minoti sifatida kredit ta’minotining 125 foizi dan kam bo‘lmagan (bankga aloqador shaxslar uchun 130%) miqdorda uchinchi shaxslarning kafilligi va sug‘urta kompaniyalarining kredit qaytmaslik xatarini oldini olish bo‘yicha sug‘urta polislari garov ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin
Ta’minot sifatida korxona kafillik taqdim etilganda: kafil korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan bo‘lishi, olingan kredit va avval berilgan kafilliklar bo‘yicha SQB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari bo‘lmasligi, kafillik summasi kafil korxona sof aktivlarining 1,5 barobaridan (oldin taqdim etilgan amaldagi kafillik shartnomalari bo‘yicha majburiyat chegirilganda) oshmagan miqdorda bo‘lishi, hamda Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi) CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim

Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati:

1. Ariza

2. Mijozning ta’sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.

3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.

4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa).

5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.

6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)

7. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes reja.

8. Fyuchers shartnomasi tuzilgan fermer xo‘jaliklarining tasdiqlangan ro‘yxati (bunda shartnoma sanasi, raqami, summasi, chigit ekiladigan maydon bo‘yicha batafsil ma’lumot bo‘lishi lozim).

9. Tegishli tuman hokimining g‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risidagi qaror nusxasi ilovalari bilan birgalikda.

10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari tomonidan tasdiqlangan tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

11. Paxta-to‘qimachilik klasteriga yer ajratish bo‘yicha tegishli tuman xokimining qarori.


SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo boʻylab tez va xavfsiz pul oʻtkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.02.2024 17:46  
up