Individual tartibda belgilanadi
Kreditning maksimal miqdori
Individual tartibda belgilanadi
Kredit muddati
Korporativ biznes
Mijoz segmenti
UZS, USD, EUR, CNY va boshqa valyutalar
Kredit valyutasi
Loyiha shartlari asosida belgilanadi
Foiz stavkasi
Kreditning maqsadi:
Amaldagi kredit shartnomasining shartlariga o‘zgartirish kiritish
Bitim turlari:
Kreditlar, kafolatlar, lizing, faktoringValyuta:
UZS, USD, EUR, CNY va boshqalarKredit muddati:
Individual tartibda belgilanadiFoiz stavkasi:
Loyihaning xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi
(bank marjasi kamaytirilmaydi)
Kredit summasi:
Anderrayter limiti doirasidaShartnomaga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar:
Moliyaviy parametrlarni o‘zgartirish:
- kredit valyutasi
- foiz stavkasi (bank marjasi kamaymasligi sharti bilan)
- moliyalashtirish manbasi
- kredit summasi (faqat kamaytirish)
Kreditlash shartlarini moslashtirish:
- kredit maqsadini o‘zgartirish (kredit mablag‘lari to‘liq ajratilmagan bo‘lsa)
- import/mahalliy shartnomalarga o‘zgartirish kiritish (summasi, mahsulot turi, yetkazib beruvchi va boshqalar)
Yuridik o‘zgarishlar:
qarzdorlikni qayta tashkil etish natijasida boshqa yuridik shaxsga o‘tkazish
(qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish va h.k.)
Ta’minot:
- Kredit bo‘yicha ta’minot bank talablariga mos bo‘lishi lozim.
- Ta’minot darajasi kredit summasining 125 %idan past bo‘lsa, qo‘shimcha ta’minot taqdim etilishi talab etiladi.
(iABS/CRM dasturiy ta’minotiga o‘zgartirishlar kiritilayotgan vaqtda)
30 kundan ortiq muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
Mazkur talabning bajarilishi Operatsion departament tomonidan nazorat qilinadi.
Mijozga aloqador barcha korxonalarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida
90+ toifadagi muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim
(ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lgan korxonalar bundan mustasno).
KATM onlayn ma’lumotnomasiga asosan mijoz va unga aloqador korxonalarning
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida
“shubhali” va “umidsiz” toifalarga mansub amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida mijozning amaldagi kreditlari bo‘yicha
asosiy qarzdorlikning yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari
jami 3 martadan oshmasligi lozim
(ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lgan korxonalar bundan mustasno).
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida mijozning amaldagi kreditlari bo‘yicha
kreditga hisoblangan foiz qarzdorligi to‘lov muddatini uzaytirish holatlari
jami 4 martadan oshmasligi lozim
(ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lgan korxonalar bundan mustasno).
Amaldagi kreditlar bo‘yicha asosiy qarzdorlik shartlari qayta ko‘rib chiqilgan hisobvaraqlarda
qoldiq mavjud bo‘lmasligi lozim.
Mijozning amaldagi kreditlari bo‘yicha
kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarning bajarilmasligi holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim
(bajarilishi kechiktirilganligini tasdiqlovchi asosli holatlar bundan mustasno).
Amaldagi kreditlar bo‘yicha
kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim
(mazkur holat kredit monitoring xizmati dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi).
Mijozning kredit qarzdorliklari yuzasidan
Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari bo‘yicha
to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar mavjud bo‘lmasligi lozim.
So‘nggi 3 yil davomida kredit xizmatlari bo‘yicha mijozga nisbatan
(javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham inobatga olinadi)
iqtisodiy sud tomonidan da’vo qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan bo‘lsa,
so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi va kollegial organ uni rad etish huquqiga ega
(pasportda belgilangan istisno holatlar bundan mustasno).
Kredit ta’minoti tarkibidagi barcha mulklar zarar ko‘rmagan bo‘lishi,
shuningdek ushbu mulklar bo‘yicha Bank majburiyatlaridan tashqari
boshqa majburiyatlar bo‘yicha ta’qiq qo‘yilmagan bo‘lishi lozim.
Korxonaning budjet tashkilotlari oldida qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim
(ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ortiq bo‘lgan korxonalar bundan mustasno).
Investitsion loyihalar bo‘yicha biznes reja/TIA ko‘rsatkichlarining bajarilishi
loyiha ishga tushgan davrdan boshlab
yillik o‘rtacha 40 %dan kam bo‘lmasligi lozim
yoki bajarilish imkoniyati asoslantirilgan holda tasdiqlanishi lozim.
Kredit ta’minoti kredit summasiga nisbatan 125 %dan kam bo‘lgan hollarda
qarzdor tomonidan qo‘shimcha ta’minot taqdim etilishi lozim.
Qarzdor korxona amaldagi faoliyatni yuritayotgan bo‘lishi lozim.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) to‘g‘risida
sudga ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lishi lozim.
Qarzdor sud tomonidan bankrot deb topilmagan hamda
bankrotlik taomillari (kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv) qo‘llanilmagan bo‘lishi lozim.
Litsenziya yoki faoliyat yuritish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar
bekor qilinmagan bo‘lishi lozim (agar bunday hujjatlar talab etilsa).
1. Kredit valyutasi, maqsadi yoki foiz stavkasi o‘zgartirilganda:
Qarzdor arizasi.
Qarzdor korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan qarori
va korxona rahbarining tegishli buyrug‘i
(yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno).Kredit maqsadi o‘zgartirilganda — biznes reja/TIAga kiritilgan asoslantirilgan qo‘shimcha
(agar biznes reja ilgari taqdim etilgan bo‘lsa).Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
(tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan).Aktivlar yoyilmasi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
(yoki hisobot oyining 1-kuniga tayyorlangan tezkor hisobot).Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi.
Garov egalari roziligi.
Ta’minot tarkibidagi barcha mulklarning joriy holatini aks ettiruvchi fotosuratlar
(biznes menejer ishtirokida).
2. Kredit summasi kamaytirilganda, shartnomalar shartlari yoki kollegial organ qarori o‘zgartirilganda:
Ariza.
Ta’sischilar qarori va korxona rahbarining buyrug‘i
(yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan subyektlar bundan mustasno).Ta’minot tarkibidagi barcha mulklarning joriy holatini aks ettiruvchi fotosuratlar
(biznes menejer ishtirokida).
3. Yuridik shaxs qayta tashkil etilishi natijasida kredit qarzdorligi boshqa yuridik shaxsga o‘tkazilganda:
Ariza.
Jamiyatni qo‘shib yuborish/birlashtirish to‘g‘risida yozma xabar.
Qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining umumiy yig‘ilish bayonnomalari
(qayta tashkil etish, shartnoma, ustav va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash bo‘yicha).Qarzdorlikni qabul qiluvchi yuridik shaxsning oxirgi hisobot davri uchun
buxgalteriya balansi (F1) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (F2).Qarzdorlikni qabul qiluvchi yuridik shaxsning choraklik yoki tezkor moliyaviy hisobotlari.
Qo‘shib yuborish/birlashtirish shartnomasi.
Barcha huquq va majburiyatlarni o‘tkazish bo‘yicha topshirish dalolatnomasi.










