«Yashil texnologiya» krediti

ekologiya va barqaror kelajakka yo‘naltirilgan biznes uchun

Mahsulot haqida
Loyiha qiymatining 70 foizigacha

Loyiha qiymatining 70 foizigacha

Kreditning maksimal miqdori

60 oygacha

60 oygacha

Kredit muddati

24 oygacha

24 oygacha

Imtiyozli davr

Milliy va xorijiy valyuta

Milliy va xorijiy valyuta

Kredit valyutasi

Korporativ mijozlar

Korporativ mijozlar

Mijozlar segmenti

Bankning amaldagi stavkalariga muvofiq

Bankning amaldagi stavkalariga muvofiq

Foiz stavkasi

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Zarur hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

Ekologik va energiya tejamkor loyihalarni moliyalashtirish, jumladan:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish;
  • ekologik transport vositalarini ishlab chiqarish va sotib olish;
  • binolarning energiya samaradorligini oshirish;
  • chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash;
  • atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish;
  • suvdan oqilona foydalanish va uni tozalash uchun uskunalar sotib olish;
  • energiya auditini o‘tkazish;
  • yashil texnologiyalarni sotib olish, ishlab chiqarish, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • milliy yashil taksonomiya talablariga muvofiq loyihalarni moliyalashtirish;
  • yuqoridagi yo‘nalishlar doirasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish.

Valyuta:

Milliy va xorijiy valyuta

Kredit summasi:

  • investitsiya loyihalari uchun — loyiha qiymatining 70 foizigacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — ehtiyojning 100 foizigacha.

Kredit muddati:

  • investitsiya maqsadlari uchun — 60 oygacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 18 oygacha.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda kredit muddati moliyalashtirish manbai shartlariga muvofiq belgilanadi.

Imtiyozli davr:

  • investitsiya maqsadlari uchun — 24 oygacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 6 oygacha.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda imtiyozli davr moliyalashtirish manbai shartlariga muvofiq belgilanadi.

Foiz stavkasi:

Milliy va xorijiy valyutada — bank tomonidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni kreditlash uchun belgilangan amaldagi foiz stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.

Maqsadli resurslar hisobidan moliyalashtirilganda — moliyalashtirish manbai shartlariga muvofiq.

Qarz oluvchining o‘z ishtiroki:

Investitsiya loyihasi qiymatining kamida 30 foizi

Kreditni taqdim etish shakli:

Pul mablag‘larini tovarlar, ishlar yoki xizmatlar yetkazib beruvchisining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali

Kreditni qaytarish:

Asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan so‘ng har oy annuitet yoki differensial usulda qaytariladi. Foizlar har oy to‘lanadi.

Kredit ta’minoti:

Bankning kredit siyosati talablariga muvofiq

Qo‘shimcha shart:

Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng qarz oluvchi zararli chiqindilar kamayganini yoki energiya samaradorligi oshganini tasdiqlovchi vakolatli organ yoxud tashkilot xulosasini taqdim etishi lozim.


Kreditni kimlar olishi mumkin:
• korporativ segmentga kiruvchi yuridik shaxslar;
• «O‘zsanoatqurilishbank» ATBda asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘iga ega mijozlar.
Moliyaviy talablar:
• tijorat banklari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligining mavjud emasligi;
• qarz oluvchi va unga aloqador korxonalarda «qoniqarsiz», «shubhali» yoki «umidsiz» deb tasniflangan qarzdorlikning mavjud emasligi;
• zarar va nolikvid balansning mavjud emasligi;
• aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratilganda Debt/EBITDA koeffitsiyenti — 4 dan oshmasligi;
• so‘nggi 60 oy davomida:
– 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari 10 tadan oshmasligi;
– 60 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari 5 tadan oshmasligi.
Qo‘shimcha shartlar:
• maqsadsiz ishlatilgan amaldagi kreditlar bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘ining mavjud emasligi;
• sotib olinadigan uskunalar kamida 6 oylik ish tajribasiga ega ishlab chiqaruvchi yoki diler tomonidan yetkazib berilishi lozim;
• yetkazib beruvchi sotib olinadigan uskunaning to‘liq o‘rnatilishini kafolatlashi lozim;
• qolgan talablar bankning kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.

    Zarur hujjatlar
    Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun:

    1. Kredit olish uchun ariza.
    2. Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari.
    3. Agar qarz oluvchining ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa — xorijiy kompaniyaning qonuniylashtirilgan yoki apostil bilan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari hamda vakillarning ishonchnomalari. Zarur hollarda hujjatlar davlat tiliga tarjima qilinishi, tarjima esa notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
    4. Imzo qo‘yish huquqiga ega direktor va/yoki bosh buxgalter pasportlarining nusxalari, shuningdek ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar.
    5. Qarz oluvchining vakolatli boshqaruv organining kredit olish to‘g‘risidagi qarori.
    6. Faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya talab etilgan hollarda — litsenziya nusxasi.
    7. Loyiha maxsus iqtisodiy zona hududida amalga oshirilayotgan bo‘lsa — maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi guvohnomasining nusxasi.
    8. So‘nggi ikki hisobot yili uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 1-son va 2-son shakllar.
    9. So‘nggi bir yil davomida boshqa tijorat banklaridagi hisobvaraqlar bo‘yicha aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 2-son kartoteka mavjud bo‘lsa — qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
    10. Kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar nusxalari.
    11. Yetkazib berish zanjirida Rossiya, Belarus yoki Eronda ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlar ishtirok etgan taqdirda — kontragentlarning xalqaro sanksiya ro‘yxatlarida mavjud emasligi to‘g‘risida tegishli xalqaro yuridik kompaniyaning ijobiy xulosasi.

    Investitsiya loyihalari uchun:

    1. Kredit olish uchun ariza.
    2. Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari.
    3. Agar qarz oluvchining ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa — xorijiy kompaniyaning qonuniylashtirilgan yoki apostil bilan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari hamda vakillarning ishonchnomalari.
    4. Imzo qo‘yish huquqiga ega direktor va/yoki bosh buxgalter pasportlarining nusxalari, shuningdek ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar.
    5. Qarz oluvchining vakolatli boshqaruv organining kredit olish to‘g‘risidagi qarori.
    6. Faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya talab etilgan hollarda — litsenziya nusxasi.
    7. Loyiha maxsus iqtisodiy zona hududida amalga oshirilayotgan bo‘lsa — maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi guvohnomasining nusxasi.
    8. Faoliyat yuritish va loyihani amalga oshirish joyini tasdiqlovchi kadastr hujjatlari va/yoki ijara shartnomasi.
    9. So‘nggi ikki hisobot yili uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 1-son va 2-son shakllar.
    10. So‘nggi hisobot davri uchun debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarining batafsil ma’lumotnomasi.
    11. So‘nggi bir yil davomida boshqa tijorat banklaridagi hisobvaraqlar bo‘yicha aylanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 2-son kartoteka mavjud bo‘lsa — qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
    12. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi.
    13. Kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar nusxalari.
    14. Bank talablarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda import shartnomalari bo‘yicha xulosa.
    15. Yetkazib berish zanjirida Rossiya, Belarus yoki Eronda ro‘yxatdan o‘tgan kontragentlar ishtirok etgan taqdirda — kontragentlarning xalqaro sanksiya ro‘yxatlarida mavjud emasligi to‘g‘risida tegishli xalqaro yuridik kompaniyaning ijobiy xulosasi.
    16. Zarur hollarda — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar.
    17. Zarur hollarda — loyihaning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha vakolatli davlat organining xulosasi.

    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

    Batafsil
    Depozitlar
    Depozitlar

    Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

    Batafsil
    Transchegaraviy oʻtkazmalar
    Transchegaraviy oʻtkazmalar

    Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

    Batafsil
    Korporativ kartalar
    Korporativ kartalar

    Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

    Batafsil
    Ish haqi loyihasi
    Ish haqi loyihasi

    Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

    Batafsil
    Savdo ekvayringi
    Savdo ekvayringi

    Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

    Batafsil
    Biznes kreditlari
    Biznes kreditlari

    Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

    Batafsil

    Oxirgi yangilanish sanasi: 29.07.2026 17:56  
    up
    logo
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит