|
Maqsadi |
Mijozning asosiy hisobraqamida mablagʻ yetarli boʻlmagan holatda uni toʻldirish uchun
|
| Valyutasi |
UZS
|
| Moliyalashtirish manbaasi |
Bank o'z mablag'lari
|
| Muddati |
12 oy muddatgacha, ochiq liniya asosida
|
| Miqdori |
Mijozning oxirgi 6 oydagi O'zsanoatqurilishbank tizimidagi hisobraqamiga mahsulot sotishdan tushumi o'rtacha oylik qiymatining 25%igacha ammo 5,0 mlrd.so'mdan oshmagan miqdorgacha.
Mijozga mazkur mahsulot parallel bir nechta rasmiylashtirilgan holatda ham ularning umumiy yig'indisi 5 mlrd.so'mdan oshib ketishi mumkin emas.
|
| Asosiy qarzdorlik boʻyicha imtiyozli davr |
Mijoz hisobraqamida mablagʻ boʻlgan holatda ushbu mablagʻ akseptsiz, avtomatik tarzda qorzdorlikni soʻndirish uchun yoʻnaltiriladi
|
| Asosiy qarz va foizlarni toʻlash davriyligi |
Foizlar haqiqatda foydalanilgan kun uchun hisoblanadi va har oyning oxirida soʻndiriladi
|
Foiz miqdori |
| Bankning oʻz mablaglari hisobidan milliy valyutada (soʻm) |
Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida aylanma mablagʻlar uchun oʻrnatilgan miqdorda
|
Qo'shimcha shartlar |
| Mijoz faoliyati |
Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan oshgan mijozlar
|
| Mijoz hisobraqami |
Asosiy hisobraqami “O'zsanoatqurilishbank” ATB tizimida boʻlishi lozim
|
| Moliyaviy natijalar to'g'risida xisobot (2-son shakl) boʻyicha foyda mavjudligi |
Ijobiy
|
| 2-sonli kartoteka qarzdorligi |
Mavjud boʻlmasligi lozim
|
| Kredit reytingi (layoqatliligi) |
“O'zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha CC reytingdan kam boʻlmagan holda
|
| Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha qarzdorligi |
Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi
|
| So'nggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga oʻtganlik holatlar soni |
“O'zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan koʻp boʻlmagan holatda
|
| Kredit taʼminoti |
Talab qilimaydi (ishonchli kredit)
|
| Kreditning maqsadli ishlatilishi tekshiruvi |
Talab qilinmaydi
|
Mijoz tomonidan taqdim etilgan asosiy hujjatlar ro'yxati:
1. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);
2. Boshqa banklardagi mavjud hisob raqamlarining oxirgi 1 yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa);
3. Mijozning ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kreditni olish yuzasidan roziligi.
Kredit ta'minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:
Talab qilinmaydi.
Kredit ta'minoti sifatida mulk taqdim etilganda
Talab qilinmaydi.