Mahsulotning maqsadi | Ochiq / yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun |
Muddati | Ochiq liniya bilan 12 oy muddatgacha |
Valyuta | UZS, USD, EUR, RUB |
Miqdori | “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo‘yicha belgilanadigan miqdorgacha Mijozning skoring asosidagi ishonchli reytingi bo‘yicha aniqlanadi |
Foiz miqdori | Bank o‘z mablag‘lari hisobidan: Milliy valyutada ajratilganda - Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdor+2%; Xorijiy valyutada ajratilganda - Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdor+1%; Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan: O‘zgaruvchan (Libor, Euribor va boshqa shu kabi bozor kurslariga bog‘langan bo‘lsa) yoki o‘zgarmas foiz stavkasi belgilanadi - Moliya institutlari marjasi + bank marjasi (Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida belgilangan miqdorda) On-layn ariza berilgan holatlarda avtomat foiz stavka shakllanadi. Bunda foiz miqdori tanlangan resurs, risk uchun premiya va boshqa xarajatlarni hisobga olib avtomatik belgilanadi. |
Kreditni qaytarish grafigi | Bank o‘z mablag‘lari hisobidan: Imtiyozli davr 6 oy muddatgacha Kredit asosiy qarz grafigi imtiyozli davrdan keyingi oydan boshlab oyma-oy teng miqdorlarda
Jalb qilingan mablag‘larda imtiyozli davr va qaytarish grafigi mablag‘ni taqdim etgan moliya instituti shartlariga asosan |
Kredit manbasi | Bank o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bunda kredit muddati va qaytarilishi kredit manbasining muddati va qaytarilishiga mutanosib bo‘lishi lozim. On-layn tarzda ariza berilganda mijozga dasturiy ta’minotda 1 yillik resusr mavjud liniyalarni tanlash imkoni yaratiladi. |
Mahsulotni taqdim etish shakli | |
Mijoz | Korporativ mijozlar (Neft va gaz, kimyo, energetika, transport va metallurgiya va boshqa tarmoq mijozlari) |
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar | Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar Bankda asosiy hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) bo‘yicha foyda bilan faoliyat yuritishi Kredit reytingi (layoqatliligi) - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CC reytingdan kam bo‘lmasligi lozim Kredit ajratish sanasida banklar oldida muddati o‘tgan kredit va kartoteka-2 qarzdorligi va “qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari bo‘lmasligi lozim; So‘nggi 12 oy ichida asosiy va foiz qarzdorlik oydan oyga o‘tganlik holatlar soni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi lozim
Kredit on-layn olinganda hech qanday istisno qilinmaydi. |
Mahsulot bo‘yicha ta'minot | Ta'minot talab qilinmaydi – ishonchli kredit Bunda faqatgina mijozning pul oqimlarining yetarli bo‘lishi asosiy me'zondir |
Qo‘shimcha shartlar |
Kreditning shartlarini qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati (kredit of-layn bo‘lganda):
1. Ariza |