Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar roʻyxati:
1. Ariza.
2. Mijozning taʼsis xujjatlari va unga kiritilgan soʻngi oʻzgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari toʻgʻrisida maʼlumot (agar mavjud boʻlsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.).
7. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar nusxasi.
8. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan biznes reja.
Taʼminot sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Kafil korxona taʼsis xujjatlari;
2. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari toʻgʻrisida maʼlumot;
3. Kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.);
4. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;
5. Kafillik taqdim etish boʻyicha kafilning vakolatli organining ijobiy roziligi;
6. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl).
Kredit ta'minoti sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
2. Mulk egasining ta'sis xujjatlari (ta'sis shartnomasi, Nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa);
3. Mulk egasi ta'sischilarining kreditning ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa).
4. Mulkning egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat (bunda turar uy-joy yoki kvartiralar uchun mazkur joyda fuqarolarning roʻyxatda turmasligini tasdiqlovchi hujjat birga taqdim etiladi).
Taʼminot sifatida ombordagi tayyor mahsulotlar taqdim etilganda:
1. Omborga kirim qilingan mahsulotlar nomlari va narxlar koʻrsatilgan va uning omborxonada mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotnoma;
Kelajakdagi pul tushumlari garovi taqdim etilganda:
1. Pul mablagʻlari kelib tushadigan shartnomalar nusxalari;
2. Ular boʻyicha oʻzaro qarzdorlikni solishtirish dalolatnomasi – akt-sverka.
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qoʻshimcha xujjatlar soʻralishi mumkin.