2021 yil yakuni boʻyicha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Aksiyadorlar yillik umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida

XABARNOMA

“Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi, 2022 yil 24 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10-00 da, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shaxrisabz koʻchasi, 3 uy manzili boʻyicha joylashgan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Bosh ofisining majlislar zalida bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi.

YIGʻILISH KUN TARTIBI:

1. Bank Kengashi va Boshqaruvining 2021 yil yakunlari boʻyicha faoliyati hamda bankning rivojlantirish strategiyasini bajarilishi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish.

2. Bank Taftish komissiyasining xulosasini eshitish.

3. Bankning 2021 yil yakunlari boʻyicha yillik hisobotini tasdiqlash.

4. Bank foydasini taqsimlash va har bir Kengash aʼzosiga korporativ yil uchun toʻlanadigan mukofot va kompensatsiyaning eng yuqori miqdorini belgilash.

5. 2021-2022 korporativ yilida Bank Kengashining oʻz oʻzini hamda har bir Kengash aʼzosini baxolash natijalarini koʻrib chiqish.

6. Bankda korporativ boshqaruv tizimini 2021 yil yakunlariga koʻra oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalarini koʻrib chiqish.

7. Korporotiv yilga Bank Kengashi aʼzolarining saylash.

8. Korporotiv yilga Bank Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.

9. Bank Boshqaruvi Raisi va aʼzolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini tuzish / uzaytirish toʻgʻrisida.

10. 2022 moliya yili boʻyicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun tashqi auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga toʻlanadigan eng koʻp xaq miqdorini belgilash.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Boshqaruv faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari (KPI) tasdiqlash toʻgʻrisida.

12. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Ustavini (yangi tahrirda)tasdiqlash toʻgʻrisida.

13. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Boshqaruvi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlash toʻgʻrisida.

14. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Kengashi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlash toʻgʻrisida.

15. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

16. Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) bank kapitaliga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan jalb qilinuvchi kreditning valyutasini oʻzgartirish va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB hamda XMK oʻrtasida 2021 yil 20 sentyabrda imzolangan Kredit bitimiga qoʻshimcha kelishuv tuzish masalasini maʼqullash.

17. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 50 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi kreditini bank kapitaliga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan jalb qilish masalasini maʼqullash.

• Aksiyadorlarga yillik umumiy yigʻilishni oʻtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2022 yil 31may.

• Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2022 yil 20 iyun.

• Aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishishingiz yoki info@uzpsb.uzelektron manzili orqali soʻrov yuborishingiz mumkin.

Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2022 yil 24 iyun Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da boshlanib 10:55 da toʻxtatiladi. Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun:

- aksiyador (jismoniy shaxs) shaxsini tasdiqlovchi hujjat- pasport bilan;

- aksiyador vakili – notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan;

- yuridik shaxs aksiyador (korxona rahbarlari) shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport yoki guvohnoma, lavozimga tayinlanganlik toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi bilan;

- yuridik shaxs aksiyador vakillari ishonchnoma (korxonaning firma blankasida, muhrlangan), shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma) bilan kelishlari lozim;

- chet el davlatining qonunchiligi asosida rasmiylashtirilgan ishonchnoma apostil bilan yoki konsul xizmati tomonidan legallashtirilgan shakllda tasdiqlanadi va notarius tomonidan tasdiqlangan oʻzbek yoki rus tilida tarjimasi bilan taqdim etiladi.

Maʼlumot olish uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.


Oxirgi yangilanish sanasi: 31.05.2022 17:43  
up