Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida


Hurmatli «O‘zsanoatqurilishbank» ATB aksiyadori!

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Toshkent shahar, Shaxrisabz ko‘chasi, 3 - uy manzili bo‘yicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.sqb.uz, e-mail: info@uzpsb.uz), Sizga 2021yil 30 - dekabr kuni Toshkent shahri vaqti bilan soat 11-00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish mumkinligini ma'lum qiladi.

YIG‘ILISH KUN TARTIBI:

1. «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish Reglamentini (yangi tahrir) tasdiqlash.2019 yil 28 iyundagi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning yillik umumiy yig‘ilishining 01/2019-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston sanoat-qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarinig umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomini (reglament) bekor etish to‘g‘risida.

2. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Kengashi va Taftish komissiyasi a'zolariga rag‘batlantirish va kompensasiya to‘lab berish to‘g‘risidagi Nizomini (yangi tahrir) tasdiqlash to‘g‘risida. 2020 yil 28 iyuldagi «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning aksiyadorlari yillik umumiy yig‘ilishining 03/2020-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Kengashi va Taftish komissiyasi a'zolariga rag‘batlantirish va kompensasiya to‘lab berish to‘g‘risidagi Nizomi”ni bekor etish to‘g‘risida.

3. «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning Kengashidagi norezident – mustaqil a'zolarning har biriga va davlat organlari vakillarining har biriga korporativ yili uchun rag‘batlantirish to‘lovlarni belgilash to‘g‘risida.  

4. 2020 yil taqsimlanmagan sof foydaning qoldig‘ini «O‘zsanoatqurilishbank»ATBning Umumiy zahira fondiga yo‘naltirish to‘g‘risida.

5. Bank filiallarining balansdan tashqari hisob raqamlarida 5 (besh) yildan ziyod hisobda turgan, «umidsiz» qilib tasniflangan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida.

• Aksiyadorlarga navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi:  2021 yil 7dekabr. 

• Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuziladigan sana: 2021 yil 24dekabr.

• Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishishingiz yoki info@uzpsb.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2021 yil 30 - dekabr soat  10:00 da boshlanib 11:00 da to‘xtatiladi.

Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.12.2021 11:43  
up