Barcha kreditlar
1. “OʻzMed-lizing” AJ lizing kompaniyasining 249 994 dona aksiyalari har birining bozor bahosi 1 639,51 soʻm (nominal narxi 1 363 soʻm).
“OʻzMed-lizing” AJning ustav fondi 2 044,5 mln. soʻmni tashkil etadi.
Jamiyat 2019-yilni 245,4 mln. soʻm va 2020-yilning birinchi yarim yiligini 142,6 mln. soʻm sof foyda bilan yakunlagan.
2020-yil 1-iyul holatiga:
sof aktivlari 3 291,5 mln. soʻm,
debitorlik qarzlari 1 805,6 mln. soʻm,
pul mablagʻlari 30,6 mln. soʻm,
kreditorlik qarzlari 6,0 mln. soʻm,
taqsimlanmagan foydasi 1 066,8 mln. soʻmni tashkil etgan.
2. “Qurilishmashlizing” AJ kompaniyasining 1 106 367,0 dona aksiyalari har birining bozor bahosi 2 555,73 soʻm (nominal narxi 1 000 soʻm).
Bugungi kunda jamiyat ustav fondi 17 000,0 mln.soʻmni tashkil etadi.
Jamiyat 2019-yilni 3 421,5 mln. soʻm 2020-yilning birinchi yarim yiligini 1 779,5 mln. soʻm sof foyda bilan yakunlagan.
2020-yil 1-iyul holatiga:
sof aktivlari 19 612,6 mln. soʻm,
debitorlik qarzlari 49 525,3 mln. soʻm,
kreditorlik qarzlari 28 199,2 mln. soʻm,
pul mablagʻlari 1 482,0 mln. soʻm,
taqsimlanmagan foydasi 4 625,7 mln. soʻmni tashkil etadi.
3. Bank Kengashining tegishli qarolariga asosan Bank tasarrufidagi “Mikrokreditbank” ATBning 3 002 128 dona aksiyalari (nominal narxi 1 068,0 soʻm), “Elsis - savdo” AJning 84 086 dona aksiyalari (nominal narxi 1 000,0 soʻm) hamda “Qurilish-lizing” MCHJ ustav fondining 46,87 foizini tashkil etuvchi 2 555,7 mln. soʻmlik Bank ulushlarini nominal narxlarda sotilishini maʼlum qilamiz.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Bosh ofisiga
(tel: 78 120 36 25,78 120 35 75, +998 94 711 16 30) murojaat etishingiz mumkin.