“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi

Hurmatli aksiyador!

“OʻZSANOATQURILISHBANK” ATB Kengashi 2020 yilning 9 iyun kuni soat

1100 da, Toshkent shahri, Shaxrisabz koʻchasi, 3-uyda joylashgan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Bosh ofisning majlislar zalida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining  NAVBATDAN TASHQARI umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi.

YIGʻILISH KUN TARTIBI:

I.    “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Kengashi aʼzolarining qayta saylash toʻgʻrisida.
II.     “Oʻzbekiston sanoat-qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi toʻgʻrisidagi Nizomga (yangi tahrir) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
III.    Bank Kengashi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida ichki nazorat toʻgʻrisida”gi Nizomni (yangi taxriri) tasdiqlanishi munosabati bilan (2020 yil 28 fevraldagi 2020/08-sonli bayonnoma) Bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining 2016 yil 29 apreldagi 34 qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida ichki nazorat toʻgʻrisida”gi Nizomni bekor qilish toʻgʻrisida.


  • Aksiyadorlarga navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni oʻtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi:  2020 yil 18 may.

  • Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2020 yil 3 iyunya.

  • Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishga oid hujjatlar bilan Toshkent shahar,  Shahrisabz koʻchasi, 3 uy manzilida tanishishlari mumkin (bankning elektron pochta manzili: info@uzpsb.uz korporativ veb-sayti www.uzpsb.uz).


Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy  yigʻilishida qatnashish uchun:
-  aksiyador (jismoniy shaxs) shaxsini tasdiqlovchi hujjat- pasport bilan;
-  aksiyador vakili – notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan;
- yuridik shaxs aksiyador (korxona rahbarlari) shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport yoki guvohnoma, lavozimga tayinlanganlik toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi bilan;
- yuridik shaxs aksiyador vakillari ishonchnoma (korxonaning firma blankasida, muhrlangan), shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma) bilan kelishlari lozim.

Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2020 yil 9 iyun, soat  1000 da boshlanib 1100 da toʻxtatiladi.

Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.07.2021 18:40  
up