Hurmatli bank aksiyadorlari!
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB (Toshkent shahri, Shaxrisabz ko’chasi, 3-uy manzili bo’yicha joylashgan, korporativ veb-sayti: www.sqb.uz, e-mail: info@sqb.uz) Kuzatuv kengashi, sizga 2025-yil 30-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 11-00 da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/ orqali bank aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi belgilanganini ma’lum qiladi.
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
1.Bank Kengashi va Boshqaruvining 2024-yil yakunlari bo‘yicha faoliyati hamda bankning rivojlantirish strategiyasini bajarilishi bo‘yicha ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish.
2.Bankning 2024-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
3.Bank foydasini taqsimlash va Kengashning har bir mustaqil a’zolariga 2025-2026 korporativ yil uchun to‘lanadigan mukofot va kompensatsiyaning eng yuqori miqdorini belgilash.
4.2025-2026 korporativ yili uchun Bank Boshqaruvi a’zolariga to‘lanadigan mukofotining maksimal miqdorini belgilash.
5.Bank Boshqaruvi Raisi va Boshqaruv a’zolarining vakolatlarini 1 (bir) yilga tasdiqlash to‘g‘risida.
6.2025 moliya yili bo‘yicha Bankda tashqi auditorlik tekshiruvini
o‘tkazish uchun tashqi auditor tashkilotini va ushbu tashkilotni xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p xaq miqdorini belgilash.
7.“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
8.“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning “2024-2026 yillarda rivojlanish strategiyasi” maqsadli ko‘rsatgichlariga kiritilayotgan o‘zgarishlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
9. “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning “Korporativ boshqaruv kodeksi” (yangi tahrir)ni tasdiqlash.
10. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi reglament” (yangi tahrir)ni tasdiqlash to‘g‘risida.
11.“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi to‘g‘risidagi Nizom” (yangi tahrir)ni tasdiqlash to‘g‘risida.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/.) foydalangan holda 2025-yil 30-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 1000 da boshlanib 1100 da to‘xtatiladi.
Ma’lumot olish uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:85-55; (99894) 711– 13 – 75.