Barcha kreditlar
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida
XABARNOMA (Masofadan)
Hurmatli “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlari!
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent shahar, Shaxrisabz koʻchasi, 3 uy manzili boʻyicha joylashgan, (korporativ veb-sayt:www.uzpsb.uz, e-mail: info@uzpsb.uz), Sizga 2021 yil
28 may kuni soat 11-00 da Toshkent vaqti bilanmasofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/. orqali Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qatnashingiz mumkinligini maʼlum qiladi.
YIGʻILISH KUN TARTIBI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Boshqaruv faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlash toʻgʻrisida.
2. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Boshqaruv faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini (KPI) qoʻllash Tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida.
3.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning korporativ boshqaruv Kodeksini
(yangi tahrir) tasdiqlash toʻgʻrisida.
4.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 2021-2023 yillarda rivojlanish Strategiyasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining 2019 yil
28 iyundagi 01/2019-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 2019-2021 yillar uchun rivojlanish Strategiyasi”ni bekor qilish toʻgʻrisida
5. Bank ustav kapitaliga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan Xalqaro moliya korporatsiyasining kredit liniyasini jalb qilish toʻgʻrisida. (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 161-sonli Qarorini ijrosi boʻyicha.)
6. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Bank boshqaruvi toʻgʻrisida”gi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida.
· Aksiyadorlarga navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni oʻtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2021 yil 27 aprel.
· Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishga oid hujjatlar bilan bankning www.uzpsb.uz korporativ veb-sayti vahttp://evote.uz/. orqali tanishishingiz yoki info@uzpsb.uz elektron manzili orqali soʻrov yuborishingiz mumkin.
Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan ( http://evote.uz/. ) foydalangan holda 2021 yil 28 may soat 1000 da Toshkent vaqti bilan boshlanib 1100 da Toshkent vaqti bilan toʻxtatiladi .
Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.