Barcha kreditlar
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining 2017 yil 28 aprelda bo‘lib o‘tgan navbatdagi umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan nominal qiymati 3382 so‘m bo‘lgan 1 dona bank aksiyasi 178 ga maydalandi va 2017 yil 18 iyul holatiga bank aksiyasining nominal qiymati 19 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB aksiyadorlarining 2016 yil 29 aprel va 2017 yil 28 apreldagi umumiy yig‘ilishlarining bank foydasining bir qismini bank ustav kapitalini kapitalizatsiyasiga yo‘naltirish to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq 2017 yil 2 avgustda bankning 23-chiqarilish doirasida nominal qiymati 19 so‘m bo‘lgan 27,4 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha aksiyalari muomalaga chiqarildi.
Ushbu chiqarilgan qo‘shimcha aksiyalar 2017 yil 27 iyul holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reyestrida ro‘yxatga olingan aksiyadorlarning o‘zlariga tegishli turdagi (oddiy yoki imtiyozli) har 178 dona aksiyalariga 7 donadan mos turdagi aksiyalar qo‘shib berilgan holda yopiq obuna usuli orqali joylashtirildi.