Bankning rasmiy kanalini qanday aniqlash va firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin

Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha ma’lumot olayotganda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning faqat rasmiy kanallaridan foydalanish muhim.

Bankning rasmiy raqamli kanallari quyidagilar:
bankning rasmiy veb-sayti — www.sqb.uz,
“Kontaktlar” bo‘limi — https://www.sqb.uz/uz/contacts/,
SQB Mobile mobil ilovasi sahifasi — https://www.sqb.uz/uz/individuals/sqb-mobile/,
rasmiy Telegram-kanal — https://t.me/sqbuz,
bankning Telegram-boti — @sqbuzbot,
rasmiy Facebook sahifasi — https://www.facebook.com/sqbuz,
rasmiy Instagram sahifasi — https://www.instagram.com/sqbuz?igshid=140fq4jb3dbfh,
rasmiy YouTube kanali — https://www.youtube.com/channel/UC3DYBsBUvAUv-_5NBPf81uw.

Xavfsizligingizni ta’minlash учун quyidagi oddiy qoidalarga amal qilishni tavsiya etamiz.

Ma’lumot manbasini tekshiring
Faqat bankning rasmiy veb-sayti va rasmiy sahifa hamda xizmatlaridan foydalaning.

“Kontaktlar” bo‘limidan foydalaning
Agar sahifa, akkaunt yoki xabarning haqiqiyligiga shubha tug‘ilsa, avvalo bankning rasmiy veb-saytiga kirib, “Kontaktlar” bo‘limiga o‘ting.

Shubhali havolalarga o‘tmang
Agar havola sizga xabar, messenjer, ijtimoiy tarmoq yoki noma’lum jo‘natuvchi orqali yuborilgan bo‘lsa, uni tekshirmasdan ochmang.

Maxfiy ma’lumotlarni bermang
Bank xodimlari PIN-kod, karta CVV-kodi, bir martalik SMS-kodlar, parollar va mablag‘laringizdan foydalanish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni so‘ramaydi.

Ma’lumotlarni rasmiy kanallar orqali tekshiring
Agar siz bank nomidan e’lon, aksiya, karta, kredit, omonat yoki boshqa xizmat bo‘yicha taklifni ko‘rsangiz, avvalo ma’lumotni bankning rasmiy veb-sayti, SQB Mobile, bankning Telegram-kanali, aloqa markazi yoki ofis orqali aniqlashtiring.

Bankning rasmiy telefon raqamlari
Yagona aloqa markazi 24/7:
0 800 120-77-77,
1180,
(+998 71) 200 43 43.

Biznes uchun:
1338.

Ishonch telefoni:
78 777 11 80.

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha:
0 800 120 8888,
@sqbantikor_bot.


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.04.2026 10:56  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит