SQB sayyohlik biznesi uçun kreditlar taklif etadi

Özsanoatqurilişbank turizm sohasida biznes boşlamoqçi bölgan aholi vakillari hamda tadbirkorlar uçun alohida kredit mahsuloti taqdim etmoqda.

Kreditlar qaysi turizm yönalişlariga ajratiladi?

• Mehmonxona, mehmon uylari, xostellar;

• milliy hunarmandçilik mahsulotlari dökoni;

• umumiy ovqatlaniş, restoran va kafeteriylar;

• bouling hamda hordiq çiqariş markazlari;

• turistik köngiloçar maskanlar;

• aviakassa, turoperator va turagent xizmati.

Loyihalar qanday mezonlar asosida saralanadi?

• Loyiha joylaşuvidagi hududning ixtisoslaşuvi;

• transport qatnovi mavjudligi;

• hududdagi raqobat darajasi;

• tarixiy obidalarning mavjudligi.

Kredit şartlari

Milliy valyutada:

• Kredit maksimal miqdori: 5 mlrd. sömgaça;

• Kredit muddati: 5 yilgaça;

• Imtiyozli davr: 12 oygaça;

• Kredit foizi: yillik 22,5 foizdan (hisoblangan foizlarning 4,5 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan qoplab beriladi).

• Boşqa şartlar: loyihada mijozning öz uluşi kamida 30 foiz bölişi lozim.

Xorijiy valyutada:

• Kreditning maksimal miqdori: 750 ming AQŞ dollarigaça;

• kredit muddati: 5 yilgaça;

• imtiyozli davr: 12 oygaça;

• kredit foizi: yillik 11 foizdan;

• boşqa şartlar: loyihada mijozning öz uluşi kamida 30 foiz bölişi lozim.

Maʼlumot uçun: Özsanoatqurilişbank tomonidan içki turizmni rivojlantirişga oid loyihalarni moliyalaştirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, ötgan davr mobaynida turizm biznesi bilan şuğullanayotgan tadbirkorlarga bank tomonidan 830 mlrd. sömdan ortiq kredit mablağlari ajratilib, 1 650 ga yaqin yangi iş örni yaratildi.

Mutaxassislar maslahati: 712004343; 1180


Oxirgi yangilanish sanasi: 11.11.2026 14:30  
up