Golden grain krediti

Bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish

Mahsulot haqida
Hosil qiymatining 50 % gacha

Hosil qiymatining 50 % gacha

Kredit miqdori

12 oygacha

12 oygacha

Kredit muddati

10 oygacha

10 oygacha

Imtiyozli davr

Milliy va xorijiy valyutada

Milliy va xorijiy valyutada

Kredit valyutasi

Yillik 12% dan

Yillik 12% dan

Kredit stavkasi

Fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar

Fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar

Mijoz

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Kerakli hujjatlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda asosiy hisobvarag‘iga ega bo‘lgan mijozlarning bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish.

Valyuta:

  • milliy valyuta;
  • xorijiy valyuta.

Kredit miqdori:

Minimal narx va normativ hosildorlik asosida hisoblangan hosil qiymatining 50%igacha.

Kredit muddati:

  • Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan — 10 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oygacha;
  • bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — 12 oygacha.

Foiz stavkasi:

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

Yillik 12%, shundan bank marjasi 2%.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

  • milliy valyutada — yillik 26%, biroq bankda o‘rnatilgan minimal foiz stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • xorijiy valyutada — “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida ajratiladigan kredit, faktoring va lizing operatsiyalari bo‘yicha minimal foiz stavkalarini shakllantirish tartibiga muvofiq.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:

Foiz stavkasi jalb qilingan mablag‘lar qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.

Tegishli toifadagi qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun amaldagi foiz stavkasi:

  • «A» va undan yuqori toifalar uchun — 2 foiz punktiga;
  • «V» va undan yuqori toifalar uchun — 1 foiz punktiga pasaytiriladi.

Kredit ta’minoti:

  • kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun — kredit miqdorining kamida 125%i;
  • boshqa mijozlar uchun — kredit miqdorining kamida 50%i.

Mulkiy ta’minot turlari va uni taqdim etish shartlari:

Quyidagi likvid mol-mulk:

  • ko‘char va ko‘chmas mulk;
  • bino va inshootlar;
  • turar joylar;
  • transport vositalari;
  • maxsus texnika.

Mol-mulkning likvidligiga qo‘yiladigan talablar Bankning Kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi.

Nomulkiy ta’minot turlari va uni taqdim etish shartlari:

  • uchinchi yuridik shaxsning kafilligi;
  • kredit qaytmasligi xavfini qoplovchi sug‘urta polisi.

Hujjatlar
Shartnoma

Shartnoma

Yuklab olish
download
Davlat mablag‘lari hisobidan bug‘doy yetishtirish xarajatlarini moliyalashtiruvchi klasterlar va kooperativlar uchun:
  1. Ariza.
  2. Mijozning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar.
  3. Korxonaning moliyaviy hisoboti:
    • oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
    • debitorlik va kreditorlik qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
  4. Mijoz hisobvaraqlaridagi mablag‘larning oxirgi bir yillik harakati va qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — mavjud bo‘lsa.
  5. Kredit olish uchun kompaniya boshqaruv organining ruxsati.
  6. Vakilning kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar: buyruq, ishonchnoma va boshqa hujjatlar.
  7. Fyuchers shartnomalari tuzilgan fermer xo‘jaliklari ro‘yxati.
  8. G‘alla ekinlari joylashtirilganligi to‘g‘risida tuman hokimining elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotnomasi.
  9. Yerning normativ hosildorligi to‘g‘risida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma.
Fermer xo‘jaliklari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari va yer uchastkasiga mulk huquqiga ega klasterlar uchun:
  1. Ariza.
  2. Mijozning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar.
  3. Korxonaning moliyaviy hisoboti:
    • oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
    • debitorlik va kreditorlik qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
  4. Mijoz hisobvaraqlaridagi mablag‘larning oxirgi bir yillik harakati va qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — mavjud bo‘lsa.
  5. Kredit olish uchun kompaniya boshqaruv organining ruxsati.
  6. Vakilning kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar: buyruq, ishonchnoma va boshqa hujjatlar.
  7. G‘allani sotish shartnomasi.
  8. G‘alla ekinlari joylashtirilganligi to‘g‘risida tuman hokimining elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotnomasi.
  9. Yerning normativ hosildorligi to‘g‘risida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma.
Qo‘shimcha shartlar:
  • Qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek, iqtisodiy sanksiyalarga rioya etish siyosati talablariga rioya qilishi shart.
  • Qarz oluvchi Bank tomonidan so‘ralgan hujjatlar va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, to‘liq taqdim etmasa yoki taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga asosli shubha tug‘ilsa, Bank kredit ajratishni rad etish, operatsiyani vaqtincha cheklash yoki kredit shartnomasini bir tomonlama muddatidan oldin bekor qilish, shu jumladan kredit mablag‘larini muddatidan oldin so‘ndirishni talab qilish huquqiga ega.

Izoh:

Hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘zgarishi mumkin. Bunday hollarda ariza berilgan vaqtda amalda bo‘lgan hujjatlar taqdim etiladi.


Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar

Mijoz hisobvarag‘i:

Mijozning asosiy hisobvarag‘i “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda ochilgan bo‘lishi lozim.

Fermer xo‘jaliklari:

O‘ziga qarashli yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar.

Urug‘chilik xo‘jaliklari:

O‘simlikshunoslikning navli urug‘larini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar.

G‘allachilik klasterlari:

O‘ziga ajratilgan yoki ijaraga olingan yer maydonlarida va fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan fyuchers shartnomalari asosida bug‘doy yetishtirish hamda uni chuqur qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari:

Bir yoki bir nechta tashkilot tomonidan paxta xomashyosini yetishtirish, o‘ziga ajratilgan yer maydonlarida bug‘doy yetishtirish va shartnoma asosida sotib olish, shu jumladan boshqa xo‘jalik subyektlari bilan hamkorlikda chuqur qayta ishlash jarayonlarini o‘z ichiga olgan ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etgan subyektlar.

Moliyaviy hisobot:

  • Qarz oluvchi korxonaning tegishli DSIGA elektron shaklda taqdim etilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti.
  • Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSIGA ma’lumotlar bazasidan elektron shaklda olingan shaxslar bundan mustasno.
  • Agar moliyaviy faoliyat davri yakunlanmagan bo‘lsa, tezkor tayyorlangan choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot taqdim etilishi mumkin.
  • Choraklik moliyaviy hisobot natijalariga ko‘ra korxona nolikvid balansga ega bo‘lmasligi va zarar bilan yakunlamagan bo‘lishi lozim.

Kredit reytingi:

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish tartibiga asosan skoring tahlili bo‘yicha «B» reytingidan kam bo‘lmasligi lozim.

Qo‘shimcha talablar:

  1. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi salbiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi.
  2. Qarz oluvchining kredit yuklamasi 150%dan oshiq bo‘lmasligi. Ushbu talab kichik va o‘rta biznes subyektlariga tatbiq qilinmaydi.
  3. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi.
  4. O‘zaro aloqador korxonalarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
  5. 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
  6. KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi.
  7. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:
    • 30 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari 10 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    • 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    • 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik umuman bo‘lmasligi;
    • balansdan tashqari hisob raqamiga olingan kredit qarzdorligiga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi.
  8. Oxirgi 12 oy ichida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida oydan oyga o‘tgan kredit bo‘yicha to‘lovlar, asosiy qarz va/yoki foiz bo‘yicha 4 martadan ko‘p bo‘lmasligi.
  9. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish yoki o‘zgartirish holatlari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi. Prezident farmonlari, qarorlari va Hukumat qarorlari bilan uzaytirilgan kreditlar bundan mustasno.
  10. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik bo‘yicha shartlari qayta ko‘rib chiqilgan va muddati uzaytirilgan foiz qarzdorligi hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi.
  11. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan shartlarni bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi.
  12. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi.
  13. Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ yoki majburiyatlari bo‘lmasligi lozim. Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lmasligi lozim. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno.

SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 18.08.2026 15:19  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит