Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida (2020 yilning 10 mart kuni soat 11:00 da)

“O‘ZSANOATQURILIShBANK” ATB AKTSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHINI CHAQIRISH TO‘G‘RISIDA

X A B A R N O M A

 

Hurmatli aktsiyador!

 

“O‘ZSANOATQURILIShBANK” ATB Kengashi 2020 yilning 10 mart kuni soat
1100 da, Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi, 3-uyda joylashgan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Bosh ofisning majlislar zalida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB aktsiyadorlarining  navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.


YIG‘ILISH KUN TARTIBI:

I. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi ayrim a’zolarining vakolatini mudatidan oldin tugatish to‘g‘risida.

II. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi tarkibida vakolati tugatilgan a’zolarni o‘rniga yangi a’zolarni saylash.

III. “O‘zbekiston sanoat-qurilish bank” aktsiyadorlik tijorat banki Kengashi to‘g‘risidagi Nizomni yangi taxrirda tasdiqlash to‘g‘risida.

IV. “O‘zbekiston sanoat-qurilish bank” aktsiyadorlik tijorat banki ustavini yangi taxrirda tasdiqlash to‘g‘risida.

V. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolarining mukofot va (yoki) kompensatsiya xarajatlar miqdorini belgilash to‘g‘risida.

VI. Bankning affillangan shaxsi bilan tuziladigan yirik bitimni tasdiqlash. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
9 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bank sektorining moliyaviy barqarorligini oshirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4487 qaroriga muvofiq “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kredit portfelidan 11,9 trln.so‘mlik kreditlarni O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazib berish bo‘yicha bitimni tasdiqlash masalasi.

 

  • Aktsiyadorlarga navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2020 yil 31 yanvar.
  • Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aktsiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2020 yil 4 mart.
  • Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 3 uy manzilida tanishishlari mumkin (bankning elektron pochta manzili: info@uzpsb.uz korporativ veb-sayti uzpsb.uz).

Aktsiyadorlar navbatdan tashqari umumiy  yig‘ilishida qatnashish uchun:

aktsiyador (jismoniy shaxs) shaxsini tasdiqlovchi hujjat- pasport bilan;

-  aktsiyador vakili – notarial tasdiqlangan ishonchnoma va pasport bilan;

- yuridik shaxs aktsiyador (korxona rahbarlari) shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport yoki guvohnoma, lavozimga tayinlanganlik to‘g‘risidagi buyruq nusxasi bilan;

- yuridik shaxs aktsiyador vakillari ishonchnoma (korxonaning firma blankasida, muhrlangan), shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki guvohnoma) bilan kelishlari lozim.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish 2020 yil 10 mart, soat  1000 da boshlanib 1100 da to‘xtatiladi.

 

Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.

 

 


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.07.2021 18:40  
up