«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Toshkent shahar, Shaxrisabz ko‘chasi, 3 uy manzili bo‘yicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.sqb.uz, e-mail: info@sqb.uz, Sizga 2023 yil 29 avgust kuni Toshkent shahri vaqti bidan soat 11-00da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/.orqali Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi belgilanganligini ma’lum qiladi.
 
YIG‘ILISh KUN TARTIBI:
 
1. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Kengashining yangi a’zolarini saylash va ayrim a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 168-sonli qaroriga muvofiq “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida”.
3. Ilgari ro‘yxatdan o‘tgan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirishlarni kiritish va qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar matnlarini tasdiqlash to‘g‘risida: R0007-26 30.10.2018, R0007-27 25.12.2018 va R0007-28 18.10.2019.
4. 2023 yil 27 iyundagi Bank aksiyadorlari yillik Umumiy yig‘ilishining 01/2023-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ustaviga (yangi taxrirda) kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.
5. 2023 yil 27 iyundagi Bank aksiyadorlari yillik Umumiy yig‘ilishining 01/2023-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash.
·       Aksiyadorlarga navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi - 2023 yil 4 avgust.
·       Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana- 2023 yil 23 avgust.
·       Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-sayti orqali tanishish yoki info@sqb.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/.) foydalangan holda 2023 yil 29 avgust toshkent vakti bilan soat 1000 da boshlanib 1100 da to‘xtatiladi.
 
 
Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.



Oxirgi yangilanish sanasi: 06.11.2023 17:49  
up