Barcha kreditlar
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Aksiyadorlarining navbatdan
tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish (masofadan) toʻgʻrisida
XABARNOMA
Hurmatli “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aksiyadori!
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent shahar, Shaxrisabz koʻchasi, 3 uy manzili boʻyicha joylashgan, (korporativ veb-sayt: www.sqb.uz, e-mail: info@sqb.uz), Sizga 2024 yil 26 yanvar kuni Toshkent shahri vaqti bidan soat 11-00da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz/. orqali Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi belgilanganligini maʼlum qiladi.
YIGʻILISH KUN TARTIBI:
1. Bank Kengashi 2 nafar aʼzosining vakolatini muddatidan avval tugatish toʻgʻrisida.
2. Bank Kengashida vakant boʻlgan oʻrinlarga yangi aʼzolarni saylash toʻgʻrisida.
• Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yigʻilishning oʻtkazilishi haqida xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2023 yil 29 dekabr.
• Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2024 yil 23 yanvar.
• Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishga oid hujjatlar bilan bankning www.sqb.uz korporativ veb-sayti
orqali tanishish yoki info@sqb.uz elektron manzili orqali soʻrov yuborishingiz mumkin.
Yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz/.) foydalangan holda
2023 yil 26 yanvar kuni Toshkent shahar vakti bilan soat 1000 da
boshlanib 1100 da toʻxtatiladi.
Murojaat uchun telefon: (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.