O‘zsanoatqurilishbank ISO 14001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi


24.06.2025 15:33

O‘zsanoatqurilishbank ISO 14001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi

Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank atrof-muhitni samarali boshqarish tizimi uchun ISO 14001:2015 xalqaro sertifikatiga sazovor bo‘ldi. Mazkur hujjat bankning ekologik mas’uliyatga asoslangan faoliyati xalqaro standartlar darajasida tashkil etilganini tasdiqlaydi.

Prezidentimizning 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni ijrosi doirasida tarmoq va sohalarning uyg‘un “yashil transformatsiya”sini amalga oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, O‘zsanoatqurilishbank tizimida ham resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavf-xatarlarni baholash va kamaytirish, atrof-muhitga ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, “yashil” loyihalarni moliyalashtirish va ekologik innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

ISO 14001:2015 standartiga muvofiqlik xalqaro auditorlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tekshiruvlar orqali tasdiqlandi. Audit natijalariga ko‘ra, bankning atrof-muhitni boshqarish tizimi barcha me’yorlarga javob berishi qayd etilib, tegishli sertifikat topshirildi.

Mazkur standartga erishish bank uchun nafaqat xalqaro e’tirof, balki korporativ barqarorlik va ishonchli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim strategik qadamdir. Ushbu yutuq bank imijini yanada yuksaltirish, jamoatchilik ishonchini oshirish hamda ekologik xatarlarni bartaraf etishda yuqori samaradorlikka erishish imkonini yaratadi.

So‘nggi yillarda bank atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot”ni qo‘llab-quvvatlashni o‘zining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Bank tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarda ekologik talablarga rioya qilish, energiya samaradorligini ta’minlash va yashil texnologiyalarni qo‘llash ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Shu orqali bank kelgusida ham ekologik barqarorlik va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/29/2025 10:05:42 am
YETTB bilan hamkorlik – yoshlar iqtisodiyotiga strategik sarmoya

Bugungi globallashuv davrida yoshlarni iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirish, ularning tadbirkor ...

10/29/2025 10:02:09 am
O‘zsanoatqurilishbankda yoshlar va rahbar xodimlar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etildi

Tadbirda ko‘p yillik tajribaga ega top-menejerlar o‘z hayot maktabi, kasbiy rivoj yo‘llari va bu yo‘lda orttirgan saboql ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.10.2025 10:03  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит