AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA) “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni GSM-102 dasturi doirasida hamkor bank sifatida tanladi


01.05.2025 09:37

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligining (USDA) GSM-102 dasturiga a’zo bo‘ldi hamda savdoni moliyalashtirish kredit liniyalarini jalb qilish yuzasidan kafolatlar taqdim etish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatdi.

Ushbu dastur doirasida AQSHning eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli xomashyolar, xususan oziq-ovqat, efir moyi, kimyoviy moddalar, ipak, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa turli tayyor mahsulot va xomashyo importini moliyalashtirish uchun AQSH banklariga kafolatlar taqdim etiladi. Ushbu kafolatlar ostida loyihalar AQSH moliya institutlari tomonidan qulay shartlarda moliyalashtiriladi.

Amalda mazkur dasturga dunyo bo‘ylab 30 ga yaqin banklar a’zo bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlaridan birinchi bo‘lib “O‘zsanoatqurilishbank” ATB a’zolikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma shtatlari o‘rtasida har tomonlama rivojlanib kelayotgan sherikchilik doirasida tuzilgan bo‘lib, kelgusida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmalarini kengaytirish uchun xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: GSM-102 eksport kredit kafolatlari dasturi 1981 yilda AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, AQSH eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Amerika moliya institutlariga kafolatlar taqdim etishga ixtisoslashgan.





Boshqa yangiliklar

11/09/2026 04:48:17 pm
Tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaş böyiça hududiy trenerlar salohiyati oşirilmoqda

HAMROH – xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş kompaniyasi taşabbusi bilan yölga qöyilgan, Birlaşgan Mill ...

11/09/2026 03:02:21 pm
Körinmas xavfga befarq bölmang!

Uyimizdagi xotirjamlik köpinça oddiy ehtiyot çoralariga boğliq. Is gazining hidi ham, rangi ham yöq. Undan ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.06.2026 09:53  
up