“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) axborot-tahliliy tizimlari uchun ixtisoslashtirilgan sun’iy intellekt (AI) uchun serverni ijaraga olish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash xaridi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Xarid predmeti:
Bankning axborot-tahliliy tizimlari uchun ixtisoslashtirilgan AI uchun serverni 2 yil muddatga ijaraga olish.
Asosiy ma’lumotlar:
Boshlang‘ich narx – 6 204 000 000 so‘m (QQS bilan);
Moliyalashtirish manbai – bankning o‘z mablag‘lari;
Taklif kafolati – boshlang‘ich narxning 1 foizi;
Takliflarni taqdim etish muddati – 5 ish kuni.
Tanlovda g‘olib texnik va malakaviy talablar bo‘yicha belgilangan minimal o‘tish ballini to‘plagan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchi sifatida aniqlanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi tashkilotlar xarid hujjatlarida belgilangan talablar asosida o‘z takliflarini belgilangan muddatda taqdim etishlari so‘raladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Xarid komissiyasi kotibi: Sh. Niyazov
Tel.: (78) 777-77-55 (7054)
https://etender.uzex.uz/lot/505402
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Toshkent shahar Yunusobod bank xizmatlari markazi binosida joylashgan idoraviy ar ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Samarqand bank xizmatlari ofisi ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bank xizmatlari ofisi binosida joylashgan idoraviy ...

