"Bankni 2021-2023 yillarda rivojlanish strategiyasi - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ni rivojlanishning yangi modeliga asoslangan holda zamonaviy, mijozlarga yo‘naltirilgan bankka transformasiya qilishga yo‘naltirilgan. Bunda biznes yo‘nalishlar Ekotizim biznes modeliga uyg‘unlashgan holda shakllantiriladi".
Mijozlarga yo‘naltirilgan biznes modelni joriy etish va xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirish orqali mijozlarga zamonaviy bank mahsulotlarini taqdim etish, bankning moliya bozorida raqobatbardoshligini ta'minlash, daromadligi va rentabelligini oshirish.
Mijozlarga individual yondashuv, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, ish haqi loyihalari, strukturalashtirilgan moliyalashtirish yo‘nalishida maslahatlar.
Alohida yondashuv, yuqori tezlikda xizmat ko‘rsatish, parametrlangan va maxsus kredit hamda depozit mahsulotlar, ish haqi loyihalari, individual takliflar.
Zamonaviy onlayn bank, multivalyuta omonatlari, kredit kartalari, rejali to‘lov kartalari.
“yashil” tarmoqlarni investisiya-kredit jihatidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish
aholining yashash sharoitlarida energiya samaradorlikni oshirish dasturlarini amalga oshirish
kam energiya sarflanuvchi maishiy texnikalar sotib olishni moliyalashtirish (energiya sarflash darajasi «A» va undan past bo‘lgan texnikalar)
qayta tiklanuvchi energiya manbalari, resurs va energiya sarfi samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishlari uchun investisiyalarni jalb qilish
“greenbond” shaklidagi innovasion moliyaviy vositalarni muomalaga chiqarish
barcha turdagi resurslar iqtisod qilinadigan va atrof muhitga g‘amxo‘rlikni o‘zi mujassam etgan ekologik xavfsiz binolarni qurish va yashil ofislarni tashkil qilish
energiyani iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish orqali yashil bino konsepsiyasini amalga tatbiq qilish maqsadida, bankning barcha binolarini energiya auditidan o‘tkazish
ekotizim doirasida mijozlarimiz bo‘lgan korxonalarning asosiy vositalarini yuqori darajadagi texnologiyalar bilan modernizasiyalash va yangilash, shu orqali chiqarilayotgan mahsulotlarni tannarxini pasaytirish va raqobatbardoshligini oshirish
atrof muhitga ta'siri juda kam bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy kapitalni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish
bankning barcha kredit-investisiya amaliyotlariga ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish proseduralarini joriy qilish
soatiga 807TVt elektr energiyasi iqtisod qilish
SO2 gazlari chiqishini 163 kilo-tonnaga kamaytirish
Rivojlanishning asosiy vektori — korporativ mijozlar bilan tashkil etilgan bank xizmatlarining ekotizimi orqali bank faoliyati ko‘lamini yanada kengaytirish va bunda asosiy e'tiborni kichik va o‘rta biznesni hamda chakana biznesni rivojlantirishga qaratish.
Operasion samaradorlikni oshirish
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish
Kredit qo‘yilmalari va resurs bazasini diversifikasiyalash
Axborot texnologiyalari infratuzilmasini modernizatsiyalash
Risklarni boshqarish tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish
Mijozlarning moliyaviy savodxonligi va xodimlar malakasini oshirish
Kredit siyosatini takomillashtirish, innovatsion va masofaviy xizmat ko‘rsatish servislarini joriy qilish
Aktivlar xajmi bo‘yicha bozordagi ulushni 15% ga yetkazish orqali bank mavqeini yanada mustahkamlash
Kredit qo‘yilmalari xajmi bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 16% ga yetkazish
Kapital hajmi bo‘yicha bank ulushini 14% ga oshirish
Depozitlar hajmi bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 13% ga yetkazish
Aholiga ajratilgan chakana kreditlar portfeli bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 12% ga yetkazish orqali bankni eng yuqori o‘ringa ko‘tarilishini ta'minlash
Aholi omonatlari hajmi bo‘yicha ulushni 14% dan oshirish evaziga bankni bozordagi yetakchilik mavqeini yanada mustahkamlash
Aktivlar rentabelligini
Kapital rentabelligini
Riskka tortilgan aktivlar rentabelligi ROA ko‘rsatkichini
Sof foizli marja stavkasini (NIM)
Korporativ biznes – mijozlar ehtiyojlarini va tarmoqlar xususiyatlarini o‘rganish asosida har bir mijozga alohida yondashuvga e'tibor qaratgan holda, mavjud biznes model yanada rivojlantiriladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi sharoitlarga tezkorlik bilan moslashish, yangi shakldagi mahsulot va servislarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘linadi va mijozlarning bank bilan munosabatlari yanada soddalashtiriladi.
Kichik va o‘rta biznes – mijozlarning bizneslari rivojlanishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi, kichik va o‘rta biznesning qator mahsulotlari takomillashtiriladi. Yetkazib beruvchilar zanjirini moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratiladi (Supply Chain Finance).
Chakana biznes – butun e'tibor mavjud mijozlar bazasi hamda muhim segmentlar hisoblangan ish haqi kartalaridan foydalanuvchilar va hamkorlarning xodimlari bilan ishlashga qaratilgan holda chakana biznes yanada rivojlantiriladi. Mavjud marketpleys tizimi va boshqa xizmatlar kengaytiriladi. Elektron tijoratni rivojlantirish birinchi o‘ringa chiqariladi.
Qat'iy ishonch bilan shuni ta'kidlamoqchimizki, mavjud imkoniyatlar va yillar davomida shakllangan tajribaga asoslanib, mijozlar, hamkorlar, aksiyadorlar va butun jamiyat manfaatlarini himoya qilgan holda, oldimizga qo‘ygan eng yuqori marralarni zabt etish, rivojlanish yo‘lida olib borayotgan ishlarimizni yanada shiddat bilan davom ettiramiz.
Bankni 2021-2023 yillar uchun rivojlanish strategiyasi
Yuklab olish