«O‘zsanoatqurilishbank» ATBda omonatlar kafolatlanadimi va qanday miqdorda?

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB O‘zbekiston Respublikasining «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga (2024-yil 18-oktabrda qabul qilingan, 2025-yil 24-yanvarda Senat tomonidan ma’qullangan) muvofiq omonatlarni kafolatlash tizimining majburiy ishtirokchisidir.

Bankning kafolatlash tizimidagi ishtiroki bank faoliyatini amalga oshirishning majburiy sharti hisoblanadi.




Qaysi omonatlar kafolatlanadi?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi shaxslarning omonatlari kafolatlanadi:

  • jismoniy shaxslar;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • yuridik shaxslar,

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda joylashtirilgan omonatlar.




Qaysi omonatlar kafolatlanmaydi?

Quyidagilar kafolatlash ob’ekti hisoblanmaydi:

  • banklar, nobank kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, lizing tashkilotlari, investitsiya va pay fondlari hamda litsenziya yoki ruxsatnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqa moliyaviy tashkilotlarning omonatlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatning davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat korxonalarining omonatlari;
  • bank bilan bog‘liq shaxslarning omonatlari, bundan bank boshqaruvi a’zolari va asosiy xodimlarining oxirgi uch oy uchun hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan oshmaydigan omonatlari mustasno;
  • O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan sho‘ba banklar yoki filiallarda joylashtirilgan mablag‘lar;
  • yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lar;
  • sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan jinoiy yo‘l bilan olinganligi aniqlangan mablag‘lar.



Qaysi valyutadagi omonatlar kafolatlanadi?

Quyidagi valyutadagi omonatlar kafolatlanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida;
  • chet el valyutasida.



Kafolatlashda omonat deb nima hisoblanadi?

Kafolatlash ob’ekti sifatida quyidagilar omonat deb e’tirof etiladi:

  • bank omonati shartnomasi yoki bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i, shu jumladan shartnoma shartlari bajarilguniga qadar alohida hisobvaraqlarda joylashtirilgan mablag‘lar (jumladan, eskrou shartnomalari bo‘yicha);
  • jamg‘arma (depozit) sertifikati bilan tasdiqlangan mablag‘lar;
  • kafolat hodisasi yuzaga kelgan sanagacha hisoblangan, ammo to‘lanmagan foizlar (agar foizlar hisoblanishi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa).



Nimalar omonat hisoblanmaydi?

Quyidagilar omonat hisoblanmaydi:

  • bankning regulyativ kapitaliga kiritilgan aksiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlar;
  • bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, veksellar va boshqa qarz majburiyatlari;
  • subordinatsiyalangan qarz majburiyatlari;
  • bank seyflarida saqlanayotgan mablag‘lar;
  • hosila moliyaviy instrumentlar (fyuchers, forvard, opsion, svop) bo‘yicha talab huquqlari;
  • bankka ishonchli boshqaruvga topshirilgan mablag‘lar va mol-mulk.



Qanday miqdorda kompensatsiya to‘lanadi?

Bir omonatchiga bir bankda to‘lanadigan kompensatsiya miqdori:

  • agar omonatlar summasi 200 million so‘mdan oshmasa — omonat qoldig‘ining 100 foizi;
  • agar omonatlar summasi 200 million so‘mdan oshsa — 200 million so‘m miqdorida.

Agar omonatchining bir bankda bir nechta omonati mavjud bo‘lsa, ularning umumiy qoldig‘i hisobga olinadi va kompensatsiya miqdori 200 million so‘mdan oshmaydi, omonatlar soni va valyutasidan qat’i nazar.




Kompensatsiya qaysi valyutada to‘lanadi?

Chet el valyutasidagi omonatlar bo‘yicha kompensatsiya O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida, kafolat hodisasi yuzaga kelgan sanada Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kurs bo‘yicha to‘lanadi.




Kafolat hodisasi nima?

Kafolat hodisasi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasining chaqirib olinishi hisoblanadi.




Kompensatsiya to‘lovlari qachon boshlanadi?

Omonatlarni kafolatlash agentligi:

  • kafolat hodisasi yuzaga kelganligi haqida e’lon beradi;
  • kompensatsiya olish imkoniyatini qonunchilikda belgilangan muddatlarda ta’minlaydi:
    • 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 ish kunidan kechiktirmay;
    • 2026-yil 1-yanvardan boshlab — 15 ish kunidan kechiktirmay;
    • 2027-yil 1-yanvardan boshlab — 7 ish kunidan kechiktirmay.

To‘lanmagan kafolatlangan summa omonatchi uchun saqlanib qoladi va belgilangan tartibda talab qilib olinishi mumkin.




Kompensatsiya olish uchun qanday hujjatlar kerak?

Kompensatsiya olish uchun omonatchi:

  • shaxsini tasdiqlovchi hujjatni;
  • zarurat bo‘lsa, bank omonati yoki bank hisobvarag‘i shartnomasini taqdim etadi.



Merosxo‘rlar kompensatsiya olishi mumkinmi?

Ha. Kompensatsiya merosxo‘rlarga yoki huquqiy vorislarga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hujjatlar asosida to‘lanadi.




Omonat majburiyatlarni qoplash uchun yo‘naltirilishi mumkinmi?

Agar omonat kafolat hodisasi yuzaga kelgan sanada omonatchining bank oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan bo‘lsa, u qonunchilikda belgilangan tartibda majburiyatlarni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin.




Qanday hollarda to‘lov to‘xtatilishi mumkin?

Kompensatsiya to‘lovi quyidagi hollarda vaqtincha to‘xtatilishi mumkin:

  • taqdim etilgan hujjatlar haqiqiyligiga shubha tug‘ilganda;
  • omonatchi talablari va reyestr ma’lumotlari o‘rtasida tafovut bo‘lganda;
  • mablag‘lar ustidan sud qarori bilan taqiq qo‘yilganda yoki muzlatilganda;
  • omonat bo‘yicha sud nizosi mavjud bo‘lganda.



Qanday hollarda to‘lov rad etilishi mumkin?

Quyidagi hollarda kompensatsiya to‘lash rad etilishi yoki qaytarilishi mumkin:

  • soxta hujjatlar taqdim etilganda;
  • sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan mablag‘larning jinoiy kelib chiqishi aniqlanganda.



Omonat bo‘yicha talab huquqi Agentlikka o‘tadimi?

Kafolat hodisasi yuzaga kelgan kundan boshlab omonatchining tugatilayotgan bankka nisbatan kafolatlangan summa doirasidagi talab huquqi Omonatlarni kafolatlash agentligiga o‘tadi.

Omonat summasining kafolatlangan miqdordan ortiq qismi bo‘yicha omonatchi tugatilayotgan bankka nisbatan talab huquqini saqlab qoladi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.02.2026 14:29  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит