Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligi muhokama qilindi


“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda Boshqaruv raisi rahbarligida bank tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarining amaliy natijalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Kuzatuv kengashi a’zolari, tuzilma va hududiy tarmoqlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimizning 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 147-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va keyingi bosqichdagi yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Bank tizimida mustaqil ichki nazorat bo‘linmasi faoliyati kuchaytirilib, uning to‘g‘ridan to‘g‘ri Kuzatuv kengashiga hisobdorlik tizimi joriy etilgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, shu yilning yanvar-oktyabr oylarida kelib tushgan murojaatlar va nazorat tadbirlari asosida 13 ta xizmat tekshiruvi hamda 43 ta monitoring amalga oshirilgan. Ularda korrupsion xatti-harakatlar va ichki tartiblarni buzish holatlari aniqlangan.  

Bank manfaatlariga yetkazilgan 3,5 mlrd so‘m zararning 2,8 mlrd so‘mi, mijozlarga yetkazilgan 42,2 mln so‘mlik zararning to‘liq qismi qoplangani ma’lum qilindi. Shuningdek, profilaktik ishlar orqali qator huquqbuzarlik holatlariga chek qo‘yilgani ta’kidlandi.

Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra 55 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilgan. Ayrim hududlarda yaqin qarindoshlik ish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatgani aniqlanib, tegishli lavozimlarda tashkilotchilik kamchiliklari bartaraf etilgan.

Xaridlar bo‘yicha 406 ta hujjat o‘rganilib, raqobatni cheklovchi yoki monopoliyaga qarshi talablarga zid bo‘lgan 80 ta holatda huquqiy xatarlar bartaraf etilgan. Bu orqali bankka nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan 2,1 mlrd so‘mlik moliyaviy sanksiyalarning oldi olingan.

Kontragentlarga oid o‘rganishlar davomida xodimlar bilan bog‘liqlik, o‘zaro affillanganlik, faoliyat turining xarid predmetiga mos kelmasligi, soliq qarzdorligi kabi qator omillar aniqlanib, 75 ga yaqin holatda shartnoma tuzishga yo‘l qo‘yilmagan.

Yig‘ilish yakunida Boshqaruv raisi tomonidan ichki nazoratni yanada kuchaytirish, barcha biznes jarayonlarida shaffof muhitni ta’minlash, mijozlar manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlarga oldindan chek qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.09.2026 10:33  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит