Oʻzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati yuqori baholandi




Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat samaradorligi boʻyicha reyting eʼlon qilindi. Unda 2024-yil yakuni boʻyicha 103 ta davlat tashkilotining faoliyati baholandi.

Baholash natijalariga koʻra, 41 ta tashkilotning faoliyati “yaxshi”, 53 tasiniki “qoniqarli”, 9 tasiniki esa “qoniqarsiz” deb topildi.

Oʻzsanoatqurilishbank ushbu reytingda 89 ball toʻplab, tijorat banklari orasida yetakchi oʻrinlardan birini egalladi hamda avvalgi yillardagi natijasini sezilarli darajada yaxshiladi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 24.09.2026 10:42  
up