Joriy yilning iyul oyida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasida Investitsion banking va Bank tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish departamentlari, Korporativ boshqaruv xizmati, Loyiha boshqaruvi va Premium ofis singari tarkibiy tuzilmalar hamda “Rakat”, “Chilonzor”, “Sirdaryo”, Al-Xorazmiy nomli tarmoqlar xodimlari ishtirokida o‘quv-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati, ustuvor yo‘nalishlar va xorijiy tajriba kabi yo‘nalishlarda atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, bankda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan ichki hujjatlar, jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish siyosati”, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida”gi nizom va boshqa normativ hujjatlar talablari yuzasidan ham keng tushunchalar berildi.
O‘quv-trening erkin va jonli muloqot ruhida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.
Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida test sinovlari ham o‘tkazildi.