Yakka tartibdagi tadbirkorlarni kreditlaş

Garov turlari:

“Özsanoatqurilişbank” ATB tizimida yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqdsiz şaklda konversiya amaliyoti orqali xalqaro “Biznes karta”ga ötkazib beriş yöli bilan milliy valyutada kreditlaş tartibi töğrisida ma’lumot.

  • Kredit muddati - kreditlarning maksimal muddati 12 (ön ikki) oy qilib belgilanadi. Kreditlar muddatini asossiz ravişda uzaytirilişiga yöl qöyilmaydi.

  • YaTT faoliyati bilan şuğullanuvçi 6 (olti) oydan kam bölmagan iş tajribasiga ega, tölovga qobiliyatli tadbirkorlar kreditlaş sub'yektlari hisoblanadi.

  • Kreditning imtiyozli davri - biznes reja va import şartnomasidagi tovarlarini yetkazib beriş muddatidan kelib çiqqan holda aylanma mablağlarni töldiriş uçun 30 bank iş kunidan oşmagan holda belgilanadi.

  • Kredit maksimal summasi - milliy valyutada 100 000 (yuz ming) AQŞ dollari ekvivalentidan oşmagan miqdorda filiallarning vakolati doirasida ajratiladi.

  • Foiz stavkasi - imzolangan kredit şartnomaga muvofiq belgilanadi.

  • Kredit ta’minoti - kredit ta’minoti sifatida kredit summasining 125% miqdoridan kam bölmagan bank uçun maqbul yuqori likvidli ta’minot qabul qilinadi.

  • Kredit maqsadi - aylanma mablağlarni töldiriş uçun.

YaTTlarning xalqaro “Biznes karta”lariga ötkazib berilgan xorijiy valyutadagi mablağlar hisobidan Özbekiston Respublikasi hududida mahsulotlar sotib olinişi yoki naqd pul şaklida yeçib olinişi taqiqlanadi, mablağlarning işlatilmagan qismini bankka qayta sotiş bundan mustasno.

Kreditlar ajratiş Bank va YaTT örtasida tuziladigan kredit şartnomasida belgilangan şartlar asosida amalga oşiriladi.


Sönggi yangilaniş sanasi: 11.11.2026 14:09  
up