O‘rta biznes aylanma

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish va ish haqi to‘lovlarini moliyalashtirish uchun.

Mahsulot haqida
450 mlrd so‘m ekvivalent

450 mlrd so‘m ekvivalent

Kreditning maksimal miqdori

18 oygacha

18 oygacha

Kredit muddati

Milliy va xorijiy valyutada

Milliy va xorijiy valyutada

Kredit valyutasi

6 oygacha

6 oygacha

Imtiyozli davr

Bankning amaldagi stavkalari bo‘yicha

Bankning amaldagi stavkalari bo‘yicha

Foiz stavkasi

O‘rta biznes segmentidagi yuridik shaxslar

O‘rta biznes segmentidagi yuridik shaxslar

Maqsadli segment

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni moliyalashtirish.

Kredit summasi:

Kamida — 600 000 000 so‘m ekv.
Ko‘pi bilan — 450 000 000 000 so‘m ekv.

Kredit valyutasi:

Milliy va xorijiy valyutada

Kredit muddati:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 18 oygacha;
  • ish haqi kreditlari uchun — 45 kungacha.
Foiz stavkasi

Foiz stavkasi:

Bankda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar uchun belgilangan amaldagi foiz stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda.

Maqsadli resurslar bo‘yicha foiz stavkasi va Bank marjasi normativ-huquqiy hujjatlarda aniq belgilangan hollarda — belgilangan foiz stavkasida.

Imtiyozli davr:

  • kredit muddati 12 oygacha bo‘lganda — 3 oygacha;
  • kredit muddati 12 oydan ortiq va 18 oygacha bo‘lganda — 6 oygacha;
  • ish haqi kreditlari uchun — 44 kungacha;
  • boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.

Kredit ta’minoti:

Ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125%ini, aloqador shaxslar uchun esa kamida 130%ini tashkil etishi lozim.

Ta’minot tarkibidagi likvid mulkiy garov ulushi kamida 70% bo‘lishi lozim.

Ta’minot turlari:

  • Bankda belgilangan talablar asosida ko‘chmas mulk;
  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
  • ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan maxsus texnikalar;
  • yuridik shaxs kafilligi;
  • kredit qaytarilmaslik xatarini sug‘urtalash polisi.

Hujjatlar
Shartnoma

Shartnoma

Yuklab olish
download
Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • mijoz o‘rta biznes segmentiga mansub yuridik shaxs bo‘lishi;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 12 oy bo‘lishi;
  • faoliyatini kamida 6 oy davomida uzluksiz amalga oshirgan bo‘lishi;
  • kredit yuklamasi 150%dan ortiq bo‘lmasligi;
  • Debt/EBITDA ko‘rsatkichi 4 dan oshmasligi, Kredit siyosatida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno;
  • kredit qarorini qabul qilish va kredit ajratish vaqtida barcha banklar va kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • Kartoteka-2 hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • o‘z aylanma mablag‘lari ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi, Kredit siyosatida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno;
  • kredit tarixi bo‘yicha KATM ko‘rsatkichi kamida 200 ball bo‘lishi yoki boshqa kredit byurosining bahosi o‘rtacha darajaga mos kelishi;
  • qarz oluvchining ichki reytingi “B-”dan kam bo‘lmasligi, Kredit siyosatida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno;
  • tashqi yoki xalqaro reyting mavjud bo‘lsa, u “B-”dan kam bo‘lmasligi, Kredit siyosatida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno;
  • oxirgi bir yil yoki joriy yilning barcha hisobot choraklaridagi faoliyat zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
  • moliyalashtirilayotgan shartnoma yuzasidan qarz oluvchi va yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida davom etayotgan sud jarayoni mavjud bo‘lmasligi.

Kredit ajratilmaydi:

  • qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, IFUT (OKED) kodi 41.2 bilan boshlanadigan korxonalarga;
  • boshqaruv kompaniyalari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga;
  • kasaba uyushmalariga;
  • Kredit siyosatiga asosan kredit bitimi tuzish taqiqlangan mijozlarga.

Mijozdan talab qilinadigan asosiy hujjatlar
  • Ariza;
  • qarz oluvchi korxonaning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (Bank tomonidan mazkur ma’lumotlar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron shaklda olingan hollar bundan mustasno);
  • oxirgi davr uchun barcha hisobot choraklaridagi buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
  • qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish yuzasidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi;
  • boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi hamda zarur hollarda Kartoteka-2 qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • oldi-sotdi va/yoki import shartnomalari (oldi-sotdi shartnomasi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno);
  • faoliyat joyiga oid hujjatlar: kadastr hujjati, ijara shartnomasi, e-auksion dalolatnomasi, hokim qarori yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa asoslovchi hujjatlar (faoliyat joyi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno);
  • amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning atrof-muhitga ta’siri yuzasidan tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan ijobiy xulosa;
  • garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti (hisobot muddati 6 oydan oshmagan bo‘lishi lozim);
  • garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lsa — kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), zarur hollarda yer uchastkasi ijara shartnomasi;
  • garov obyekti avtotransport vositasi bo‘lsa — transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport);
  • garov obyekti maxsus texnika bo‘lsa — maxsus texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • garovga qo‘yuvchi qarz oluvchi yoki uchinchi shaxs ta’sischilarining mulkni garovga berish hamda zarur hollarda garov obyektiga suddan tashqari tartibda undiruv qaratilishiga roziligi;
  • garovga qo‘yuvchi uchinchi shaxs yuridik shaxs bo‘lsa — uning ta’sis hujjatlari (agar unga boshqa bank xizmat ko‘rsatsa);
  • garovga qo‘yuvchi uchinchi jismoniy shaxsning pasport nusxasi yoki uchinchi yuridik shaxs rahbari va bosh buxgalterining pasport nusxalari (agar unga boshqa bank xizmat ko‘rsatsa);
  • loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 27.01.2026 17:48  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит