Yirik biznes aylanma

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish, ish haqi to‘lash va korxonaning boshqa joriy ehtiyojlarini qoplash uchun.

Mahsulot haqida
20 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

20 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

18 oygacha

18 oygacha

Kredit muddati

Milliy va xorijiy valyutada

Milliy va xorijiy valyutada

Kredit valyutasi

6 oygacha

6 oygacha

Imtiyozli davr

Bankning amaldagi stavkalari bo‘yicha

Bankning amaldagi stavkalari bo‘yicha

Foiz stavkasi

Korporativ biznes segmentiga mansub yuridik shaxslar

Korporativ biznes segmentiga mansub yuridik shaxslar

Maqsadli segment

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar

Asosiy shartlar

Kredit maqsadi:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish;
  • korxonaning boshqa joriy ehtiyojlarini, shu jumladan, maqsadsiz xarajatlarini qoplash.

Kredit summasi:

600 000 000 so‘m ekvivalentidan
20 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

Maqsadsiz kreditning maksimal summasi — mahsulot pasportida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda 2 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha.

Kredit valyutasi:

Milliy va xorijiy valyuta.

Kredit muddati:

  • ochiq kredit liniyasi bo‘yicha — har bir individual shartnoma bo‘yicha 18 oygacha;
  • yopiq kredit liniyasi bo‘yicha — 18 oygacha;
  • ochiq kredit liniyasi bo‘yicha bosh kelishuv muddati — 36 oygacha.

Foiz stavkasi:

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida kredit, faktoring va lizing operatsiyalari uchun belgilangan minimal stavkalardan kam bo‘lmagan miqdorda.

Maqsadli fondlar va agentliklar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilganda, agar foiz stavkasi va Bank marjasi belgilangan bo‘lsa, tegishli belgilangan stavkalar qo‘llaniladi.

Imtiyozli davr:

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda — mablag‘larni jalb qilish shartlariga muvofiq, biroq 6 oydan oshmagan muddatga.

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilganda, kredit faqat tabaqalashtirilgan to‘lov usulida 6 oygacha muddatga ajratiladi.

Kredit ta’minoti:

Ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125% ini, affillangan shaxslar uchun esa kamida 130% ini tashkil etishi lozim.

Ta’minot tarkibidagi likvidli mol-mulk garovining ulushi kredit summasining kamida 70% ini tashkil etishi lozim.

Mazkur talablar davlat dasturlari loyihalari uchun mahsulot pasportida nazarda tutilgan istisnoni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.

Ta’minot turlari:

  • Bank talablariga muvofiq ko‘chmas mulk;
  • 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
  • 2 yildan oshmagan maxsus texnika;
  • yuridik shaxs kafilligi;
  • kreditning to‘liq muddati uchun kreditni qaytarmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi.


Hujjatlar
Shartnoma

Shartnoma

Yuklab olish
download

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • qarz oluvchi korporativ biznes segmentiga mansub yuridik shaxs bo‘lishi kerak;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab kamida 12 oy o‘tgan bo‘lishi kerak;
  • ustav fondi to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak;
  • Debt/EBITDA ko‘rsatkichi 4 dan oshmasligi, bunda EBITDA ijobiy bo‘lishi kerak;
  • kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va kredit berilgan paytda barcha banklar va kredit tashkilotlari oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi kerak;
  • KATM ma’lumotlariga ko‘ra, mijoz va u bilan bog‘liq korxonalarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan amaldagi kreditlari bo‘lmasligi kerak;
  • kredit berilgan paytda “Kartoteka-2” hisobvarag‘i bo‘yicha qarzdorlik muddati 60 kundan oshmasligi kerak;
  • o‘z aylanma mablag‘lari ko‘rsatkichi ijobiy bo‘lishi kerak;
  • oxirgi bir yil davomida yoki joriy yilning barcha hisobot choraklarida faoliyat zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi kerak;
  • operatsion xarajatlarning o‘sishi daromadlar o‘sishiga nisbatan nomutanosib ravishda 50 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak;
  • aktivlar rentabelligi (ROA) va kapital rentabelligi (ROE) ko‘rsatkichlarining pasayishi 50 foizdan oshmasligi kerak;
  • KATM ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yil ichida 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan kredit qarzdorligi, sud jarayonida bo‘lgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlik hamda balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettirilgan hisobdan chiqarilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlik bo‘lmasligi kerak;
  • KATM ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 2 yil ichida to‘lovlarni 30 kun va undan ortiq muddatga kechiktirish holatlari soni 5 tadan, 60 kun va undan ortiq muddatga kechiktirish holatlari esa 2 tadan oshmasligi kerak;
  • so‘nggi 12 oy ichida asosiy qarz to‘lovlarini keyingi oyga ko‘chirish holatlari soni 4 tadan oshmasligi kerak;
  • so‘nggi 3 yil ichida kredit majburiyatlari bo‘yicha iqtisodiy sud tomonidan to‘liq yoki qisman qanoatlantirilgan da’volar bo‘lmasligi kerak, mahsulot pasportida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi amaldagi kreditlar bo‘yicha kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari bo‘lmasligi kerak, mahsulot pasportida nazarda tutilgan istisnolar bundan mustasno;
  • qarz oluvchining jismoniy shaxs bo‘lgan ta’sischilari va/yoki direktorining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va boshqa banklar oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi kerak; kafillik taqdim etuvchi ta’sischilar barcha banklar bo‘yicha tekshiriladi;
  • amaldagi kreditlar bo‘yicha Bankning kollegial organlari tomonidan belgilangan shartlarni bajarmaslik holatlari bo‘lmasligi kerak;
  • asosiy qarz va foizlar bo‘yicha restrukturizatsiya qilingan yoki muddati uzaytirilgan qarzdorlik hisobvaraqlarida qarzdorlik qoldig‘i bo‘lmasligi kerak;
  • mahsulot pasportida ko‘rsatilgan shaxslar va tashkilotlarda, belgilangan istisnolarni hisobga olgan holda, Majburiy ijro byurosining ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorlik bo‘lmasligi kerak;
  • KATM ma’lumotlariga ko‘ra, kredit tarixi ko‘rsatkichi kamida 200 ballni tashkil etishi yoki boshqa kredit byurosining bahosi o‘rtacha darajaga mos kelishi kerak;
  • qarz oluvchi so‘nggi 6 oy davomida o‘z faoliyati bilan bog‘liq hisobvaraq bo‘yicha uzluksiz pul aylanmasiga ega bo‘lishi kerak;
  • qarz oluvchining ichki reytingi “B-” darajasidan past bo‘lmasligi kerak, Kredit siyosatida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
  • tashqi yoki xalqaro reyting mavjud bo‘lsa, u “B-” darajasidan yoki unga tenglashtirilgan qiymatdan past bo‘lmasligi kerak, Kredit siyosatida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
  • “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida qarz oluvchi bilan bog‘liq korxonalarning amaldagi kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi kerak;
  • kredit yuklamasi 150 foizdan oshmasligi kerak.

Kredit quyidagilarga ajratilmaydi:

  • boshqaruv kompaniyalari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga;
  • kasaba uyushmalari tashkilotlariga;
  • Kredit siyosatiga muvofiq kredit bitimlarini tuzishi taqiqlangan mijozlarga;
  • risklar bo‘yicha rahbar tomonidan veto qo‘yilgan mijozlarga;
  • Kredit siyosati bilan taqiqlangan faoliyatni amalga oshiruvchi mijozlarga;
  • Bank tomonidan moliyalashtirilayotgan investitsiya loyihalari hali foydalanishga topshirilmagan yoki mazkur loyihalar doirasidagi qurilish yoxud rekonstruksiya ishlari yakunlanmagan qarz oluvchilarga.



Mijozdan talab etiladigan asosiy hujjatlar ro‘yxati
  • Ariza;
  • qarz oluvchi korxonaning oxirgi hisobot davri uchun soliq organlariga elektron shaklda taqdim etilgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (Bank 1- va 2-sonli shakllarni bevosita soliq organlarining ma’lumotlar bazasidan oladigan holatlar bundan mustasno);
  • oxirgi davrning barcha hisobot choraklari uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
  • qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olishga roziligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat;
  • boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, mahsulot pasportida nazarda tutilgan hollarda “Kartoteka-2” bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; “Kartoteka-2” bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning amal qilish muddati 30 ish kunini tashkil etadi;
  • oldi-sotdi shartnomalari va/yoki import kontraktlari, oldi-sotdi shartnomasi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno;
  • faoliyat amalga oshiriladigan joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar: kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi, e-auksion dalolatnomasi, hokim qarori yoki binodan qonuniy foydalanishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, faoliyat yuritish joyi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno;
  • rejalashtirilayotgan loyihaning atrof-muhitga ta’siri yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasining ijobiy xulosasi;
  • garov obyektiga oid, 6 oydan oldin tuzilmagan mustaqil baholash tashkilotining hisoboti;
  • garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda — kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), yer uchastkasiga ijara huquqi mavjud bo‘lsa — ijara shartnomasi;
  • garov obyekti avtotransport vositasi bo‘lgan taqdirda — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi (texnik pasport);
  • garov obyekti maxsus texnika bo‘lgan taqdirda — uni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi;
  • qarz oluvchi ta’sischilarining yoki uchinchi shaxs — garovga qo‘yuvchining mol-mulkni garovga berishga hamda shartnomada nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelganda garov predmetiga suddan tashqari tartibda undiruv qaratilishiga roziligi;
  • agar uchinchi yuridik shaxs — garovga qo‘yuvchi boshqa bankda xizmat ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, uning ta’sis hujjatlari;
  • agar uchinchi jismoniy shaxs — garovga qo‘yuvchi boshqa bankda xizmat ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, uning pasporti nusxasi yoki uchinchi yuridik shaxsning direktori va bosh buxgalteri (mavjud bo‘lsa) pasportlari nusxalari;
  • aksiyadorlik jamiyatlari uchun depozitariydan olingan amaldagi ma’lumotnoma;
  • boshqa banklardagi amaldagi kredit, lizing, kafillik, faktoring va boshqa shartnomalar, shuningdek, ular bo‘yicha to‘lov jadvallari;
  • loyihaning xususiyatlaridan kelib chiqib talab etiladigan boshqa qo‘shimcha hujjatlar.


SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 12.10.2026 17:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит