img

SQB Mobile ilovasida mikroqarz


Tez, oson va ortiqcha rasmiyatchiliksiz.






Кreditini qanday qilib olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

SQB Mobile mobil ilovasini App Store yoki Google Play orqali yuklab oling

Roʻyxatdan oʻting va JShShIRni kiriting

Kredit mahsulotini tanlang va uning shartlari bilan tanishing

Ariza yuboring va bank qarorini oling


Kerakli hujjatlar:
  • SQB Mobile ilovasida mikrokredit olishda hujjatlar talab qilinmaydi



    Kredit SQB Mobile ilovasida roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

"SQB Mobile"da 5 daqiqada
mikroqarz oling!

Onlayn ariza to‘ldiring va hoziroq SQB Mobile ilovasida bank qarorini bilib oling. Ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga faqat pasport va bank kartasi ma‘lumotlari kerak bo‘ladi.


Kredit parametrlari
Annuitet
Differensial

Kredit turi

Kredit miqdori

Kredit muddati



*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Hisob-kitob natijalari:
Yillik foiz stavkasi:
Kredit muddati:
Oylik to‘lov:
Axborot varaqasi
  • Mikroqarz berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Mikroqarz maqsadi:

Har qanday maqsadlar uchun

Mikroqarz miqdori:

2 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha

Mikroqarz muddati:

6 oydan 48 oygacha

Foiz stavkasi turi:

O‘zgarmas

To‘lov davriyligi:

Har oy

Mikroqarz ta’minoti:

  • kredit qaytmasligi xatarini sug‘urtalash polisi;
  • jismoniy shaxs kafilligi;
  • mol-mulk garovi.

Mikroqarzni rasmiylashtirish:

Ariza SQB Mobile mobil ilovasi orqali topshiriladi va «Yagona oyna» dasturi orqali ko‘rib chiqiladi.

Jismoniy shaxs kafilligi yoki mol-mulk garovi tanlanganda, ta’minotni rasmiylashtirish uchun mijoz tanlangan Bank tarmog‘iga murojaat qilishi lozim.

Sug‘urta mukofotini to‘lash:

  • mijozning mobil ilovadagi akkauntiga ulangan kartasidan pul yechish orqali;
  • kredit hisobidan sug‘urta kompaniyasiga pul o‘tkazish orqali;
  • Bank hisobidan sug‘urta kompaniyasiga pul o‘tkazish orqali.

Garov sifatida qabul qilinadigan mol-mulk
  • ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi;
  • ko‘chmas mulk;
  • mikroqarz 12 oygacha bo‘lgan muddatga ajratilganda, doimiy ro‘yxatda turuvchi shaxslar mavjud bo‘lmagan turar joy garovi qabul qilinishi mumkin;
  • garovga qo‘yiladigan mol-mulkka taqiq yoki xatlov qo‘yilmagan bo‘lishi lozim.

Foiz stavkasi
24%

Yillik stavka 24%

Mikroqarz muddati: 6 oy

25%

Yillik stavka 25%

Mikroqarz muddati: 9 oy

26%

Yillik stavka 26%

Mikroqarz muddati: 12 oy

27%

Yillik stavka 27%

Mikroqarz muddati: 24 oy

28%

Yillik stavka 28%

Mikroqarz muddati: 36 oy

29%

Yillik stavka 29%

Mikroqarz muddati: 48 oy


Hujjatlar

Onlayn kreditlarni OMMAVIY OFERTA

Yuklab olish
download

“SQB MOBILE” mobil ilovasi orqali masofaviy bank xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha OMMAVIY OFERTA

Yuklab olish
download

Jismoniy shaxsga bank kartasini ochish va ularga xizmat koʼrsatish boʼyicha ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

Onlayn kreditlarni sug‘urtalash bo‘yicha ommaviy oferta — SQB Insurance

Yuklab olish
download

Onlayn kreditlarni sug‘urtalash bo‘yicha ommaviy oferta — Infinity Insurance

Yuklab olish
download
SQB Mobile ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirilganda
  • murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • foizlar va asosiy qarzni o‘z vaqtida to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonunchilikda taqiqlanmagan doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • daromadlari uzluksiz 6 oy davomida tushgan bo‘lishi;
  • oxirgi 24 oy davomida ajratilgan kreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha kredit tarixi o‘rganiladi;
  • avval to‘liq so‘ndirilgan hamda amaldagi kredit va mikroqarzlar bo‘yicha oxirgi 24 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, kredit ajratish rad etiladi;
  • iste’mol kreditlari va (yoki) mikroqarzlar bo‘yicha jami asosiy qarz yoki limit miqdori o‘rtacha oylik daromadning 8 barobaridan oshmasligi lozim.

SQB Mobile mobil ilovasi orqali ariza topshirishda hujjatlar talab etilmaydi.

Jismoniy shaxs kafilligi yoki mol-mulk garovi tanlanganda, ta’minotni rasmiylashtirish uchun mijoz tanlangan Bank tarmog‘iga murojaat qilishi lozim.

Savollarga javoblar

- Kredit rasmiylashtirish uchun quyidagilarni bajaring:

  • SQB Mobile mobil ilovasini yuklab oling va o‘rnating;
  • Ro‘yxatdan o‘ting hamda shaxsingizni identifikatsiyadan o‘tkazing;
  • Mavjud kredit mahsulotini tanlang;
  • Kreditlash shartlari bilan tanishing va arizani to‘ldiring;
  • Arizani ko‘rib chiqish uchun yuboring.

Qaror qabul qilingandan so‘ng bank sizni natija haqida ilova orqali xabardor qiladi.

- Ha, chunki mikroqarz pullari ushbu kartaga o‘tkaziladi. Siz HUMO yoki UZCARD kartasini bankning istalgan bo‘limida ochishingiz yoki SQB Mobile ilovasi orqali virtual kartani rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Ariza rasmiylashtirilayotganda muntazam foydalanadigan bank kartangizni ko‘rsating. Arizani baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar bank tomonidan amaldagi tartibda mavjud axborot manbalaridan olinadi.
- Mikroqarz miqdori ish haqi kartangizning skoringi asosida aniqlanadi va 100 million so‘mdan oshmaydi.
Ha. Agar sizning rasmiy ish joyingiz bo‘lmasa, biroq tasdiqlangan daromadingiz mavjud bo‘lsa, Bankning o‘zini o‘zi band qilgan mijozlar uchun ham mo‘ljallangan kredit mahsulotiga ariza topshirishingiz mumkin. Qaror mahsulot talablari va shartlariga muvofiqlik asosida qabul qilinadi.
- SQB Mobileda kredit olish uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi. So‘nggi 6 oy ichida ish haqi kartasi va rasmiy ish bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.
- Yo‘q. Arizani tasdiqlash uchun so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromad talab qilinadi.
- Verifikatsiya — bu mijozning shaxsiy ma’lumotlari va shaxsini qonunchilik hamda bankning ichki tartib-taomillarida nazarda tutilgan usullar orqali tasdiqlash jarayonidir.
- Bu savolga bir ma’noli javob berish qiyin. Ehtimol, siz kredit olish uchun belgilangan bir yoki bir nechta majburiy talablarga mos kelmagansiz.

Mumkin bo‘lgan sabablar:

  • oxirgi 6 oy davomida barqaror daromad mavjud emasligi;
  • past kredit reytingi;
  • arizada to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgani;
  • yosh yoki fuqarolik bo‘yicha talablarga mos kelmaslik;
  • yuqori kredit yuklamasi.
- Ariza ma’qullanib, barcha zarur shartlar bajarilgandan so‘ng mablag‘lar, odatda, bir necha daqiqa ichida kartaga o‘tkaziladi. Ayrim hollarda mablag‘larni o‘tkazish muddati operatsiyalarni qayta ishlashning texnologik jarayonlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

“Ochiq liniyali mikroqarz” mahsuloti Bank ofisida rasmiylashtirilganda sug‘urta majburiy shart hisoblanmaydi. Mijoz ta’minot turlaridan birini — sug‘urta, garov yoki kafillikni tanlash huquqiga ega.

Mikroqarz to‘liq onlayn tarzda, jumladan SQB Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirilganda sug‘urta kredit olishning majburiy sharti hisoblanadi.

Sug‘urtalash mijoz tanloviga ko‘ra SQB Insurance yoki Infinity Insurance sug‘urta kompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta mukofoti kredit mablag‘lari hisobidan to‘lanadi va kredit hisobvarag‘idan yechib olinadi.

Kredit karta mahsulotini rasmiylashtirishda ham sug‘urta majburiy hisoblanadi. Sug‘urtalash SQB Insurance sug‘urta kompaniyasi orqali amalga oshiriladi, sug‘urta mukofoti esa mijozning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Mazkur mahsulotlar bo‘yicha Bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan tegishli ommaviy ofertalar amal qiladi.

Kredit muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilganda sug‘urta kompaniyasi foydalanilmagan sug‘urta davri uchun sug‘urta mukofotining tegishli qismini qaytaradi.

Sug‘urta mukofotini qaytarish uchun:

  1. SQB bank xizmatlari markazi yoki ofisiga murojaat qilib, kredit muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani olish;
  2. Bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma va sug‘urta kompaniyasi talab qiladigan boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash;
  3. Sug‘urta rasmiylashtirilgan sug‘urta kompaniyasiga sug‘urta mukofotini qaytarish to‘g‘risidagi arizani bevosita taqdim etish lozim.




Oxirgi yangilanish sanasi: 14.08.2026 15:04  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит