Prezidentimizning joriy yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati hududlarda mazkur jarayonlarni tashkil etish va nazorat qilish ishlarini amalga oshirmoqda.
Bank Boshqaruvi a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi biriktirilgan tumanlarda hokimliklar hamda mahallalar bilan hamkorlikda ro‘yxatga olish shtablarini tashkil etdi. Ular zarur jihozlar — kompyuter, printer, internet va aloqa vositalari bilan ta’minlandi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” tizimidagi xodimlar ishtirokida ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Joylarda ishchi guruhlar tomonidan shtablar faoliyati, xodimlar bilan ta’minlanish, hujjatlarning to‘liqligi va ro‘yxatga oluvchilarning yuklamalari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi. Barcha mahallalarda ro‘yxatga oluvchilar planshetlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ayrim texnik nosozliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Xususan, Chimboy, Denov va Uzun tumanlarida ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida mahalla xodimlari uchun amaliy o‘quvlar o‘tkazildi. Bu orqali mahalliy rahbarlar va mas’ullar Farmon talablarini amalda to‘g‘ri bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalarga ega bo‘ldi.
Bank rahbariyati tomonidan barcha jarayonlar kunlik nazoratga olingan bo‘lib, ishchi guruhlar bilan muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Har kuni ikki marta axborot almashinuvi orqali amalga oshirilayotgan ishlar va yuzaga kelayotgan muammolar tezkor hal etilmoqda.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — aholini to‘liq qamrab olish, ro‘yxatga olish jarayonlarida elektron tizimlardan keng foydalanish va mamlakatdagi demografik hamda iqtisodiy ma’lumotlarning ishonchli bazasini yaratishdan iboratdir.
Hurmatli mijozlar! 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha Oʻzbekiston Respublikasida umumrespublika a ...

