Identifikatsiya — mijozning shaxsini uning shaxsiy ma’lumotlari asosida aniqlash jarayonidir. Verifikatsiya — taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda mijoz shaxsini MyID kabi raqamli vositalar yordamida tasdiqlash jarayonidir. SQB Mobile ilovasida onlayn kredit olish, omonat ochish va ayrim masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish uchun identifikatsiya va verifikatsiyadan o‘tish qonunchilik hamda bankning ichki tartiblariga muvofiq majburiy hisoblanadi.

