Visa korporativ kartasi

b-card-img
Korporativ kartani chiqarish50 000 so'm + QQS
Minimal qoldiq$ 100
Xizmat koʻrsatish$ 2
ValyutaUZS / USD

Komissiyasiz

  • Korporativ plastik karta hisobiga pul o‘tkazish
  • Kartani blokdan chiqarish
  • Karta hisob-raqamidan ko‘chirma berish
  • SMS-Banking , E-MAIL, Uy banki xizmatlarini ulash va foydalanish
  • Pullarni kartadan hisob-raqamiga qaytarish
  • Kartaga pul o‘tkazish
  • O‘zsanoatqurilishbank terminal tarmog‘ida mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish

  • Afzalliklari
  • Qanday olish mumkin
  • Tariflar
  • Zarur hujjatlar

Tashkilotlar uchun qulayliklar

Xizmat safarlari va faoliyatingiz bilan bogʻliq boʻlgan harajatlarni soddalashtirilgan hisobi

Xodimlarga berilgan pullarni nazorat qilish

Xodimlarning chet el xizmat safarlari uchun valyuta sotib olish maqsadida xorijiy valyutada hisob ochish zaruratining yoʻqligi

Xizmat safariga yuborilgan xodimning korporativ karta boʻyicha harajatlar limitini oshirish imkoniyati

SQB tomonidan chiqarilgan Visa korporativ kartalari 3DSecure havfsiz toʻlovlar xizmatiga ulangan.

Xodimlar uchun qulayliklar:

pul mablagʻlaridan kunu-tun foydalanish

ishlatishning qulay va osonligi.

pul olishga ketadigan vaqtni tejash

!!!Korporativ karta orqali qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi chek va kvitansiyalarni saqlab qoʻying

Xizmat koʻrsatayotgan Oʻzsanoatqurilishbank filialiga murojaat qiling
Kerakli boʻlgan hujjatlarni taqdim qiling
Korporativ kartani oling
TariflarQiymati
Korporativ bank kartasini blokdan chiqarishbepul
“Elektron xabardor qilish” xizmati (SMS Banking, E-mail, «Uy banking»bepul
Korporativ kartalariga xizmat koʻrsatishbir oy uchun 2 AQSH dollari (milliy valyutadagi kartalar uchun vositachilik haqi soʻmda undiriladi)
Korporativ kartasiining shuningdek, xususiy tadbirkorlarning konversion kartalarining kamaymaydigan qoldigʻi / sugʻurta depoziti 100 AQSH dollari (mijoz tomonidan karta hisob raqamini yopish toʻgʻrisidagi ariza taqdim etilgan kundan 15 kalendar kuni oʻtganidan keyin yoki kartaning amal qilish muddati tugagan vaqtdan 15 kun oʻtganidan soʻng karta hisob raqami valyutasida qaytariladi)
Korporativ karta tranzit hisob raqamiga yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarning hisob raqamidan mablagʻlarni oʻtkazish bepul
Savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarida tovar va xizmatlar uchun toʻlovlar:ATB “Oʻzsanoatqurilishbank” - bepul
Boshqa hollarda - summadan 1% / 1 AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorda (milliy valyutadagi kartalar uchun vositachilik haqi soʻmda undiriladi).

Yuridik shaxslardan talab etiladigan asosiy hujjatlar:

  1. Yozma murojaat
  2. Korxona/tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi haqidagi guvohnoma
  3. Korporativ kartadan foydalanish uchun mas’ul xodimni tayinlash to‘g‘risida buyruq nusxasi
  4. Mas’ul xodim va korxona/tashkilot o‘rtasida tuzilgan moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi
  5. Korporativ karta uchun javobgar shaxsning pasport nusxasi
  6. Korporativ bank kartasidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzish
  7. Korporativ kartani olish uchun mas’ul xodim nomiga ishonchnoma

Oxirgi yangilanish sanasi: 14.02.2024 10:01  
up