Kreditlash

Garov turlari:

Bank tomonidan kichik tadbirkorlik sub`ektlarini  milliy valyutada kreditlash (2013-yil 27-dekabrda 2546-son bilan davlat ro`yxatiga olingan)


Muddati: kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

  • qarz oluvchi o`z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag`larni shakllantirish va investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini  ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;

  • aylanma mablag`larni to`ldirishga — 18 oy muddatgacha;

  • qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag`larni to`ldirishga — 24 oy muddatgacha.

Foiz stavkasi:  kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.


Ta'minot: Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning  bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta'minot turlaridan biri taqdim etiladi:

  • mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;

  • tijorat banki yoki sug'urta kompaniyasining kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchi tomonidan  olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.

Kredit summasi: loyiha asosida.


Oxirgi yangilanish sanasi: 22.07.2020 15:25  
up