Kredit maqsadi
|
Qurilish materiallari sohasini rivojlantirish uchun:
-asosiy vositalar, maxsus texnikalar, uskunalar sotib olish;
-bino-inshootlar qurishni moliyalashtirish;
-faoliyatini kengaytirish, modernizasiya qilish;
-zamonaviy labaratoriya sotib olish;
-qurilish materiallari bozori tashkil etish
-geologiya qidiruv xarajatlarini moliyalashtirish;
-qazilma boyliklar uchun litsenziya xarajatlarini va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun.
|
Kredit miqdori
|
Risk menejmentning reytingiga asosan
|
Kredit muddati
|
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan bo‘lganda - 5 yilgacha (imtiyoz davri 2 yilgacha) ammo loyiha o‘zini-o‘zi qoplash muddatidan oshiq bo‘lmagan muddatga;
Jalb qilingan mablag‘lar - jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq,
|
Valyuta
|
UZS, USD, EUR
|
Foiz stavkasi
|
Boshqa mablag‘lar hisobidan - Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida o‘rnatilgan miqdorda.
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
jalb qilingan moliya instituti shartlari + bank marjasi (Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash bo‘yicha Boshqaruv qarorida ko‘rsatilgan miqdorda)
|
Mijoz segmenti
|
Korporativ – qurilish materiallari sohasidagi mijozlar.
Qurilish materiallari uyushmasiga a'zo korxonalar.
|
Mijozdan talab qilinadigan asosiy xujjatlar ro‘yxati:
1. Ariza
2. Mijozning ta'sis xujjatlari va unga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar.
3. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi.
4. Boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma'lumot (agar mavjud bo‘lsa).
5. Mijozning vakolatli organining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
6. Qarzdor nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kredit shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.)
7. Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi.
8. Sotib olinayotgan asosiy vositalar narxining jahon bozori konyukturasiga mos kelishi bo‘yicha akkreditasiyasidan o‘tgan xalqaro konsalting kompaniyasining yoki “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK xulosasi.
9. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik
iqtisodiy asosnoma.
10. Loyiha ekologik ekspertiza talab qilinadigan loyihalar toifasiga kirgan holatlarda ekologik xulosa.
11. Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, unda:
12. a. qurilish arxitektura rejalashtirish topshirig‘i
13. b. qurilishning smeta xujjati
14. v. smeta xujjatining ekspertizasi va boshqa qurilishga oid hujjatlar
Ta'minot sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. kafil korxona ta'sis xujjatlari;
2. kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining (barcha hisobraqamlari, jumladan kredit va kartoteka) oxirgi bir yillik aylanmasi va qoldiqlari to‘g‘risida ma'lumot;
3. kafil va/yoki uning nomidan ustav/nizom asosida harakat qiluvchi vakolatli rahbari yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli vakilining kafillik shartnomasini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar (buyruq, ishonchnoma va h.k.);
4. kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi
5. Kafillik taqdim etish bo‘yicha kafilning vakolatli organining ijobiy roziligi.
6. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl).