Ekvivalent 60 000 AQSh dollarigacha
Kreditning maksimal miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyozli davr
UZS
Kredit valyutasi
yillik 22%
Kredit stavkasi milliy valyutada
Kreditning maqsadi:
Quyosh panellarini xarid qilish
Valyuta:
UZS
Kredit muddati:
60 oygacha
Foiz stavkasi:
yillik 22%
Kredit miqdori:
60 000 AQSh dollari ekvivalentigacha
Kredit quyidagi transhlarda ajratiladi:
1-transh: kredit miqdorining 85% gacha;
2-transh: qolgan qismi – quyosh panellari o‘rnatilib, kredit maqsadli ishlatilganligi tekshirilgach ajratiladi.
Kreditni ta'minoti:
Kredit miqdorining kamida 125% (bank bilan bog‘liq shaxslarda – 130%) miqdorida ta’minot talab etiladi.
Ta’minot turlari:
20 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan kreditlar uchun – 125% ta’minot (sug‘urta polisi va/yoki kafillik);
20 000 AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan kreditlar uchun – 125% miqdorida quyidagi mulklar:
ko‘chmas mulk;
transport vositalari;
maxsus texnika;
mulk huquqlari;
qimmatbaho metallar;
qimmatli qog‘ozlar;
ombordagi tayyor mahsulotlar;
va boshqa shunga o‘xshash mulklar.
- Ariza;
- Qarz oluvchi korxona ta’sischilari tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilgan kredit olishga rozilik (xususiy korxonalar bundan mustasno);
- Qarz oluvchi korxonaning so‘nggi hisobot davri uchun balans va moliyaviy natijalar hisobotlari (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan). Ushbu hujjatlar DSI bank bazasidan olingan va kredit ajratishda moliyaviy tahlil o‘tkazilmagan hollarda taqdim etilishi shart emas;
- So‘nggi chorak uchun balans va moliyaviy natijalar hisobotlari (agar mijozning moliyaviy davri ushbu davrni qamrab olmasa, tezkor tarzda tayyorlangan balans va moliyaviy natijalar hisobotlari taqdim etiladi);
- Boshqa banklardagi hisobvaraqlar harakati bo‘yicha ma’lumot;
- Mahalliy kompaniyalar bilan tuzilgan tovar xaridi shartnomasi yoki xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan import shartnomasi nusxasi (shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy uskuna quvvati, modeli, soni, ishlab chiqarilgan yili va texnik tavsifi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim);
- Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari tafsiloti (rashifrovkasi);
- Faoliyat yuritilayotgan joy bo‘yicha kadastr hujjati (mazkur joy kredit oluvchining mulkida bo‘lishi shart);
- 60 000 AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan import shartnomalari bo‘yicha xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan konsalting tashkilotining xalqaro standartlarga muvofiq ijobiy xulosasi;
- Agar shartnoma ta’minot zanjirida Rossiya, Belarus yoki Eron rezidentlari ishtirok etsa, xalqaro yuridik reytinglarda Tier 1 / Band 1 reytingiga ega (Champers & Partners, Legal 500, IFLR 1000) xalqaro yuridik kompaniyalarning sanksiya xavflarini baholash bo‘yicha ijobiy xulosasi talab qilinadi;
- Agar kredit quyosh panellarini xarid qilish va ularni mijozning o‘z hududida (binoning tomida yoki boshqa bo‘sh yer maydonida) o‘rnatish uchun ishlatilsa, ekologik davlat ekspertizasi talab etilmaydi;
- Loyihaning o‘ziga xosligiga qarab qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.