main-image

Loyihani moliyalashtirish

Oʻzsanoatqurilishbank ATB yangisini qurish va mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlashga (shu jumladan uskunalar, materiallar, yangi mahsulotlarning namunalari, boshqa moddiy qiymatlar va texnologiyalarni sotib olishga) qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshiradi.


“Sindikat” krediti

  • Tavsif
  • Maqsadlar
  • Kredit shartlari
  • Kreditning ta'minoti
  • Kerakli hujjatlar

Sindikatlashgan kreditlash deganda yirik investitsiya loyihalari uchun boshqa banklar bilan birga qo'shma kreditlash tushuniladi.
Yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun "O'zsanoatqurilishbank" ATB bir nechta banklar bilan birlashgan holda yoki ishtirokchi – bank sifatida sindikatlashgan kreditlashni taqdim etishi mumkin.
"O'zsanoatqurilishbank" ATB xorijiy banklar bilan hamkorlik qilishning katta imkoniyatlari va amaliy tajribasiga ega, bu esa xorijiy banklarning resurslarini jalb qilishga ham imkon beradi.

  1. moneyKorxonalar va ishlab chiqarish quvvatlarini qurish
  2. moneyMavjud ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash
  3. moneyBino va inshootlar qurilishi
  4. moneyIshlab chiqarish maqsadlari uchun asosiy vositalarni sotib olish, texnika, texnologiya, uskunalar va transport vositalari
  5. moneyUyning ichki kommunal-muhandislik tarmoqlarni va turar-joy binolarining umumiy maydonlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash

Maqsulotni takdim etishning asosiy shartlari

1

Maqsadi

Investitsiya loyiha doirasidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchuy

2

Valyutasi

soʻm, AQSH doll, Yevro, Rubl va b.

3

Moliyalashtirish manbaasi

Bankning uz mablaglari; Jalb qilingan mablagʻlar;

4

Muddati

Bankning uz mablaglari hisobidan boʻlganda - 5 yilgacha ammo loyiha oʻzini-oʻzi qoplash mudsatidan oshiq boʻlmagan muddatga;

Jalb qilingan mablagʻlar- jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq - 10 yilgacha

5

Riskning maksimal mikdori

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi boʻyicha belgilanadigan mikdorgacha ammo jami sindikat kredita summasining 20%i mikdorigacha

6

Asosiy qarzdorlik boʻyicha imtiyozli davr

Mijoz ariza(anketa)siga asosan lekin 2 yildan koʻp boʻlmagan muddatga; Jalb qilingan mablagʻlarda - jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq;

7

Asosiy qarz va foizlarni toʻlash davriyligi

Bankning oʻz mablagʻlaridan milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar uchun - 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda;

Jalb qilingan mablagʻlarda - jalb qilingan liniya shartlariga muvofiq;

Foiz mikdori

8

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan boʻlganda

Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida uzok muddatli kreditlar uchun oʻrnatilgan mikdorda

9

Xorijiy moliya institutlari liniyalari hisobidan

Xorijiy moliya instatuti marjasi + bank marjasi 3% dan kam boʻlmagan mikdorda

Qoʻshimcha shartlari

10

Korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga ikki yildan oshgan korxonalar

11

Mijoz hisobraqami

Asosiy va ikkilamchi

12

Mijozning loyihadagi ishtiroki

30%dan kam boʻlmagan qiymatda

13

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot (2-son shakl) boʻyicha foyda mavjudligi

Ijobiy

14

Kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring taxlil tizimi boʻyicha SS sinfdan kam boʻlmagan holda

15

Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar boʻyicha qarzdorligi

Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi

16

Soʻnggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga oʻtganlik holatlar soni

“Oʻzsanoatqurilshbank” ATB tizimida 5 tadan koʻp boʻlmagan holatda

17

Kredit taʼminoti:

Kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan miqsorda;

(Bankga aloqador shaxslar uchun 130%)

18

Mulkiy taʼminot

Loyiha natijasida yaratilayotgan asosiy vositalar kompleksi garovi; Boshqa mol-mulklar garovi

19

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov boʻyicha qoʻyiladigan shartlar

Koʻchmas mulk - har qanday; Avtotransport vositalari - ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;

Maxsus texnikalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan; Uskunalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan

20

Nomulkiy taʼminot

Kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan miqsorda korporativ mijozlar kafilligi

Kafil korxonaga qoʻyiladigan talablar

21

Kafil korxona faoliyati

Faoliyat yuritayotganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar

22

Kafillik summasi

Kafil korxona oʻz mablagʻlari manbalari miqsorining 1,5 barobaridan oshmagan mikdorda;

23

Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha SS reytingdan kam boʻlmagan holda

24

Kreditning maqsadli ishlatilishi tekshiruvi

Tegishli mahsulotlarni olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar yordamida tekshirilishi lozim

“Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar maʼlum bir garov evaziga beriladi. Garov qarzni toʻlashning qoʻshimcha manbalarini taqdim etadi, shuningdek qarz oluvchining boshqarish usulidir. Pul oqimi kreditni soʻnidirishning asosiy manbai boʻlib, garov taʼminoti ikkinchi darajali manba boʻlishi kerak.

Kreditni berishdan oldin garovning sifati, sotilishi va likvidligi mutaqil baholovich tomonidan tekshirilishi kerak. Garovning bozor qiymati kerdit miqdorining kamida 125 foizini tashkil qilishi kerak. Garovga qoʻyiladigan asosiy talab bu – uning realizatsiyasidir.

Garovning asosiy turlari quydagilar:

  1. money mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi
  2. money uchinchi shaxslarning kafilligi
  3. money bank uchun maʼqul boʻlgan, qarz oluvchining kreditni qaytarmaslik xavfi boʻlgan holatlarni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta kompaniyalarinng polislari
  4. money banklar, boshqa kredit tashkilotlari va sugʻurta kompaniyalari kafolatlari
  5. money Moliya vazirligi kafolatlari
Mijoz tomonidan taqdim etilgan asosiy hujjatlar ro'yxati:

1. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);
2. Boshqa banklardagi mavjud hisob raqamlarining oxirgi 1 yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa);
3. Mijozning ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kreditni olish yuzasidan roziligi;
4. Sotib oluvchi bilan mahsulot etkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi;
5. Sotib olinayotgan asosiy vositalar narxining jahon bozori konyunkturasiga mos kelishi bo'yicha akkreditasiyadan o'tgan xalqaro konsalting kompaniyasining xulosasi;
6. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asosnoma
7. Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lsa, unda:
a. qurilishning arxitektura rejalashtirish topshirig'i
b. qurlishning smeta hujjati
c. smeta hujjatiining ekspertizasi


Kredit ta'minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:

1. Agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat ko'rsatilsa:
a. korxona ta'sis xujjatlari;
b. kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi bir yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot;
c. kafil korxona ta'sischilarining korxona direktorini tayinlash bo'yicha qarori va korxona buxgalterini tayinlashi bo'yicha buyrug'i;
d. kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;
2. Kafil korxona ta'sischilarining kafillik taqdim etish bo'yicha ijobiy qarori;
3. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);

Kredit ta'minoti sifatida mulk taqdim etilganda:

1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
2. Mulk egasining ta'sis xujjatlari (ta'sis shartnomasi, Nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa);
3. Mulk egasi ta'sischilarining kreditning ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa).

Aloqa uchun telefon raqamlari

Bosh ofis: Korporativ biznes departamenti

(+99878) 120-45-00

Ichki raqam: 1263



Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2023 19:40  
up