- Mikroqarz olish uchun bir necha oddiy qadamlarni bajarish kerak. Birinchidan, siz SQB Mobile ilovasini yuklab olishingiz va telefon raqamingiz yordamida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Keyin pasport yoki PINFL seriyasi va raqami bilan shaxsingizni tasdiqlang. Muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so‘ng siz barcha onlayn bank xizmatlari va mahsulotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfoningizdan 24/7 kirish huquqiga ega bo‘lasiz.
Mikroqarz olish uchun ilovaning asosiy menyusini pastga suring va "Mavjud kreditlar"bo‘limini toping. Ushbu bo‘limda "Mikroqarz" mahsulotini tanlang. Sizga kerak bo‘lgan shartlarni ko‘rsating va "Ro‘yxatdan o‘tish"tugmasini bosing. 5 daqiqa ichida siz bankdan dastlabki skoring haqida javob olasiz. Agar javob ijobiy bo‘lsa, kreditingizni tasdiqlang va sug‘urta badalini to‘ lang.
- Ha, chunki mikroqarz pullari ushbu kartaga o‘tkaziladi. Siz HUMO yoki UZCARD kartasini bankning istalgan bo‘limida ochishingiz yoki SQB Mobile ilovasi orqali virtual kartani rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Skoring amaliyotidan o‘tish uchun siz ish haqi kartasining raqamini ko‘rsatishingiz kerak.
- Mikroqarz miqdori ish haqi kartangizning skoringi asosida aniqlanadi va 100 million so‘mdan oshmaydi.
- Rasmiy ish bilan ta‘minlangan bo‘lish zaruriy shartdir. Shuning uchun, yo‘q, mumkin emas.
- SQB Mobileda kredit olish uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi. So‘nggi 6 oy ichida ish haqi kartasi va rasmiy ish bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.
- Yo‘q. Arizani tasdiqlash uchun so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromad talab qilinadi.
- Verifikatsiya-bu yuzni aniqlash texnologiyasiga (face ID) asoslangan MyID tizimi orqali identifikatsiyani tekshirishni o‘z ichiga olgan jarayon.
- Bu savolga aniq javob berish juda qiyin. Ehtimol, siz kredit olish uchun bir yoki bir nechta majburiy shartlarga javob bermadingiz.
Ehtimoliy sabablar: so‘nggi 6 oy davomida barqaror daromadning yo‘qligi, past kredit reytingi, arizada noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar, yosh yoki fuqarolik talablariga mos kelmaslik, shuningdek, yuqori kredit yuklamasi.
- 5 daqiqada. Biroq, tizimda yoki bankning EXHT-da nosozliklar bo‘lsa, vaqtni uzaytirish mumkin va uni aniq bilish qiyin.