img

«Mahalla tadbirkori» mikroqarzi


O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va mevali bog‘larni yangilash uchun mikrokredit.






«Mahalla tadbirkori» mikroqarzini qanday olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisidan oling


Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang


Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar

  • O‘zini o‘zi band qilganlik tasdig‘i

  • Biznes-reja

  • Ta'minotga doir hujjatlar

  • Mevali bog‘larni yangilash shartnomasi (zarur hollarda)

Mikrokredit 18 yoshdan 60 yoshgacha (60 yosh ham kiradi) bo‘lgan, o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi.

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Kredit parametrlari
Annuitet
Differensial

Kredit turi

Kredit miqdori

Kredit muddati



*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Hisob-kitob natijalari:
Yillik foiz stavkasi:
Kredit muddati:
Oylik to‘lov:
  • Mikroqarz berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar
Mikrokredit maqsadi

Mikrokredit maqsadi:

— o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan barcha faoliyat turlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;
— aholi tomorqasi yer maydonlaridagi mevali daraxtlarni yangilash.

Mikrokredit miqdori

Mikrokredit miqdori:

— 30 mln so‘mgacha — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun;
— 150 mln so‘mgacha — aholi tomorqasi yer maydonlaridagi mevali daraxtlarni yangilash uchun.

Mikrokredit miqdorini belgilashda qarz oluvchining barcha kredit tashkilotlaridagi mavjud mikrokredit qoldiqlari hisobga olinadi. Barcha banklardagi mikrokreditlar qoldig‘i 300 mln so‘mdan oshmasligi lozim.

Mikrokredit muddati

Mikrokredit muddati:

— 36 oygacha.

Foiz stavkasi

Foiz stavkasi:

— yillik 25% — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun;
— yillik 18% — aholi tomorqasi yer maydonlaridagi mevali daraxtlarni yangilash uchun.

Imtiyozli davr

Imtiyozli davr:

— differensial to‘lov jadvali bo‘yicha 3 oygacha.

So‘ndirish usuli

So‘ndirish usuli:

— annuitet — teng miqdordagi to‘lovlar;
— differensial — kamayib boruvchi to‘lovlar.

Boshlang‘ich badal

Boshlang‘ich badal:

— talab qilinmaydi.

Mikrokredit ta'minoti

Mikrokredit ta'minoti:

100 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda:
— jismoniy shaxslar kafilligi (2 nafargacha) va/yoki kredit qaytmasligi xavfidan sug‘urta polisi.

100 mln so‘mdan yuqori miqdorda:
— mol-mulk garovi.

Ta'minotga talablar

Ta'minotga talablar:

— mikrokredit summasining kamida 125 foizi;
— Bank platformasi orqali masofadan mikrokredit ajratilganda kamida 130 foizi.

Sug‘urta shartnomasi va polisi kreditning to‘liq muddatiga rasmiylashtiriladi.

Mablag‘larni ajratish shakli

Mablag‘larni ajratish shakli:

— onlayn rasmiylashtirilganda — mablag‘lar qarz oluvchining SQB Mobile ilovasidagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi;
— Bank bo‘limida rasmiylashtirilganda — mablag‘lar qarz oluvchining bank kartasiga o‘tkaziladi;
— mevali daraxtlarni yangilash uchun — shartnoma asosida yetkazib beruvchining hisobvarag‘iga naqd pulsiz shaklda o‘tkaziladi.

Rasmiylashtirish usullari

Rasmiylashtirish usullari:

— tadbirkorlik faoliyati uchun — onlayn yoki Bank bo‘limlarida;
— mevali daraxtlarni yangilash uchun — faqat Bank bo‘limlarida.


Qo‘shimcha shartlar

Qo‘shimcha shartlar:

— kredit tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbank ATBga biriktirilgan tumanlarda ajratiladi;
— ushbu mahsulot bo‘yicha joriy qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng mikrokreditdan qayta foydalanish mumkin.


Hujjatlar

«Mahalla tadbirkori» mikrokrediti bo‘yicha sug‘urta shartnomasi

Yuklab olish
download

«Mahalla tadbirkori» mikrokrediti bo‘yicha kafillik shartnomasi

Yuklab olish
download
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar

— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
— murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) bo‘lishi;
— davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
— asosiy qarz va hisoblangan foizlarni to‘lov jadvaliga muvofiq so‘ndirish uchun yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;
— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes-rejaga ega bo‘lishi;
— o‘ziga tegishli tomorqa va/yoki ijaraga olingan yer maydoniga ega bo‘lishi (zarur hollarda);
— joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.


Qo‘shimcha shartlar

— oxirgi 24 oy davomida ajratilgan kredit va mikrokreditlar bo‘yicha kredit tarixi o‘rganiladi;
— oxirgi 24 oy davomida 90 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan qarzdorlikka 2 va undan ortiq marta yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, mikrokredit ajratish rad etiladi;
— qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi lozim;
— ilgari olingan kredit va mikrokreditlar hamda berilgan kafilliklar bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lishiga, to‘lovga layoqatlilik tekshirilgan holda, ruxsat etiladi;
— o‘rtacha oylik daromadni aniqlashda ish haqi, pensiya, jamg‘arib boriladigan pensiya badallari, to‘langan soliqlar, bank hisobvaraqlari va kartalarga tushgan tushumlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tasdiqlangan daromadlar hisobga olinadi;
— ish haqi va bank hisobvaraqlariga tushumlar bo‘yicha ma'lumotlar uzluksiz 6 oyni qamrab olishi lozim (ish haqi uchun mehnat ta'tili davri bundan mustasno);
— mavsumiy ishlarni bajaruvchi qarz oluvchilar uchun oxirgi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida uzluksiz olingan daromadlar qabul qilinishi mumkin;
— daromadlar soliqlar chegirib tashlangan holda hisobga olinadi;
— joriy mikrokredit qarzdorligi to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng mahsulotdan qayta foydalanishga ruxsat etiladi.


Qarz oluvchidan:

— pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin);
— daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar (rasmiy daromadlar bankning elektron dasturi orqali olinishi mumkin);
— davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma (masofadan rasmiylashtirilganda bankning elektron dasturi orqali olinishi mumkin);
— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja (masofadan murojaat qilinganda elektron shaklda to‘ldiriladi);
— eski mevali bog‘larni yangilash bo‘yicha qarz oluvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi yoki xizmat ko‘rsatish shartnomasi (zarur hollarda);
— ta'minotga doir hujjatlar, mol-mulk garovi taqdim etilganda esa mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti (bank tarmoqlari orqali ajratilganda).

Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.


Savollarga javoblar

- Ha, SQB kartasining mavjudligi majburiy. Biroq, siz SQB virtual kartasini JOYDA mobil ilovasi orqali -onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Skoring amaliyotidan o‘tish uchun siz ish haqi kartasining raqamini ko‘rsatishingiz kerak.
- Mikroqarz miqdori ish haqi kartangizning skoringi asosida aniqlanadi va 100 million so‘mdan oshmaydi.
- Rasmiy ish joyiga ega bo‘lish arizani tasdiqlash uchun majburiy talab hisoblanadi. Ammo, agar siz nafaqaxo‘r bo‘lsangiz, nafaqa to‘lovlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishingiz mumkin. Agar siz o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsangiz, so‘nggi 6 oy ichida asosiy hisob raqamdan kamida 10% aylanmani tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
- Yo‘q. Arizani tasdiqlash uchun so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromad talab qilinadi.
- Verifikatsiya-bu yuzni aniqlash texnologiyasiga (face ID) asoslangan MyID tizimi orqali identifikatsiyani tekshirishni o‘z ichiga olgan jarayon.
- Bu savolga aniq javob berish juda qiyin. Ehtimol, siz kredit olish uchun bir yoki bir nechta majburiy shartlarga javob bermadingiz.

Ehtimoliy sabablar: so‘nggi 6 oy davomida barqaror daromadning yo‘qligi, past kredit reytingi, arizada noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar, yosh yoki fuqarolik talablariga mos kelmaslik, shuningdek, yuqori kredit yuklamasi.
- 5 daqiqada. Biroq, tizimda yoki bankning EXHT-da nosozliklar bo‘lsa, vaqtni uzaytirish mumkin va uni aniq bilish qiyin.
– Ha, siz bank ofisida mikroqarz rasmiylashtirish orqali tasdiqlangan summani naqd pul ko‘rinishida olishingiz mumkin.
Ha, mijoz xohishiga ko‘ra, kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta to‘lovi kredit summasiga qo‘shilishi mumkin


Oxirgi yangilanish sanasi: 22.10.2026 17:12  
up