UZCARD plastik kartasi - bu «UZCARD» mahalliy banklararo to‘lov tizimi kartasi. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB yuridik va jismoniy shaxslar uchun «UZCARD» bank plastik kartalarini taklif etadi. Foydalanishda qulayligi va soddaligi tufayli ushbu kartalar Sizga kunlik shaxsiy hayotingiz va ish faoliyatingizda yordamchi bo‘ladi. Pensiya yoki ish haqining plastik kartaga tushirilishi Sizni naqd pullarni hamyoningizda olib yurishindan ozod etadi va mablag‘lar xavfsizligi, o‘zaro hisob-kitoblar aniqligini ta’minlaydi.
«UZCARD» plastik kartalari ish haqi va pensiyalarni tushirish uchun bepul taqdim etiladi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish muassasalarida hamda bankda «UZCARD» plastik kartalar vositasida sarf-xarajat amaliyotlarini bajarishda komissiya undirilmaydi.
Tariflar | Qiymati |
---|
Ish haqi, pensiya, ijtimoiy to‘lovlar va stipendiyalarni to‘lash uchun | Bepul |
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB jamg‘armalari bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash uchun | Bepul |
Amal qilish muddati tugaganda; yo‘qolganda; o‘g‘irlanganda; yaroqsiz holatga kelganda | 25 000 so‘m |
Kartaning old tomoniga rasm qo'yish xizmati | 25 000 so‘m |
Chiqarish / qayta chiqarish | 25 000 so'm |
Bankomatlarda naqd pul berilishi | 1% |